Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Mujarrad muqayyyad qofiya


Download 2.88 Mb.
bet43/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

Mujarrad muqayyyad qofiya. Uning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, birinchi ko‘rinishida raviy cho‘ziq unlidan iborat bo‘ladi va unda shu cho‘ziq unlidan boshqa biror harf ishtirok etmaydi.

Masalan:
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jonga qaro balo bo‘lubtur.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 161-g‘azal)
Bunda “qaro” va “balo” so‘zlaridagi “o” raviysi cho‘ziq unli bo‘lib, qofiyadosh so‘zlar shu harf bilan yakunlangan.
Mujarrad muqayyad qofiyaning ikkinchi turida raviy undosh bilan yakunlanib, undan oldin qisqa unli keladi. Bunda qisqa unli tavjih deb yuritiladi.
Masalan:
Yor holidin menga vahkim xabar yo‘qtur bu kun,
Bu jihatdin aqlu hushumdin asar yo‘qtur bu kun.
(Favoyid ul-kibar, 485-g‘azal)
Bunda “xabar” va “asar” so‘zlari qofiyadosh bo‘lib, “r” undoshi raviy, undan oldingi “a” qisqa unlisi tavjih bo‘lib hisoblanadi. Qofiya raviy harfi bilan yakunlanyapti va shu orqali mujarrad muqayyad qofiya vujudga kelyapti .

  1. Mujarrad mutlaq qofiya. Uning ham bir necha turlari bo‘lib, raviy harfidan keyin keluvchi harflar: vasl, xuruj, mazid va noira bilan bog‘liq holda vujudga keladi (ushbu harflar orasida keluvchi qisqa unlilar: majro va nafoz nomlanishda e’tiborga olinmaydi). Navoiy g‘azaliyotida mujarrad mutlaq qofiyaning quyidagi turlari qo‘llanilgan:

  1. Vaslli mujarrad mutlaq qofiya - raviydan keyin vasl (q.) harfining kelishi orqali yasaladi. Masalan:

Necha yilda qilmadi ko‘nglumga ishqi shiddati,
Ulcha qildi xasta jong‘a necha kunluk furqati. -
(Navodir ush-shabob, 587-g‘azal)
baytida “shiddati”, “furqati” so‘zlari qofiya, “t” - raviy, undan oldin to‘rgan “a” harfi - tavjih, raviydan keyin to‘rgan cho‘ziq “i” unlisi vasl hisoblanadi.


  1. Download 2.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling