Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet41/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

1. Raviy (ar.) - yukni tuyaga bog‘laydigan arqon. Qofiyadosh so‘zlar o‘zagi yo negizi so‘ngida aynan takrorlanib keluvchi cho‘ziq unli yoki undosh harf. Mumtoz poetikaga doir manbalarda qofiyaning asosini tashkil qiluvchi va takrorlanishi shart bo‘lgan harf sifatida tilga olinadi. Mumtoz qofiya talabiga ko‘ra, qofiyadosh so‘zlar o‘zagi oxirida kelgan qisqa unli raviy bo‘la olmaydi, bunday hollarda undan oldin to‘rgan undosh harf raviy hisoblanadi. Masalan, Alisher Navoiyning Sham ’dekqomatuyuzsham ’iilajonona,
Qildi o‘rtarga ko‘ngullar qushini parvona. -
deb boshlanuvchi g‘azalida qofiyadosh so‘zlar (jonona - parvona) oxiridagi qisqa “a” unlisi emas, balki undan oldin to‘rgan “n” undoshi raviydir.
1. Ta’sis (ar.) - asoslash. Raviy harfidan oldin bir harakatli undosh joylashgach, shu undoshdan oldin keladigan cho‘ziq “o” unlisi. Mumtoz poetika talabiga ko‘ra, faqat “o” unlisi ta’sis vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, “moyil - hamoyil”dagi “o” unlisi ta’sis hisoblanadi. Ta’sis qatnashgan qofiya turi muassas qofiya (q.) deb yuritiladi.
1. Daxil (ar.) - oraga kiruvchi. Ta’sisdan keyin keluvchi birinchi undosh harf. Daxil ko‘p hollarda takrorlanadi, ba’zan esa takrorlanmasdan, ikki turli xil undosh daxil bo‘lishi mumkin. Masalan, “tojir -musofir”da “j” va “f” undoshlari daxildir (qarang: muassas qofiya).

  1. Ridf (ar. ) - mingashish, izma-iz ergashish. Raviy harfidan oldin keluvchi cho‘ziq unli harf. Mumtoz poetikaga doir manbalarda uning ikki turi keltiriladi:

  1. ridf asliy (asosiy ridf) yoki ridfi mufrad (yakka ridf)- raviydan oldin keluvchi cho‘ziq unli harf. Masalan, “jon - rayhon”da “o” unlisi ridfi asliydir.


  1. Download 2.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling