Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet42/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

ridfi zoyid (orttirma ridf) - ridfi asliy va raviy orasida takrorlanib keluvchi undosh harf. Masalan, “rost - norost”da “s” undoshi ridfi zoyid hisoblanadi. Ridf qatnashgan qofiya turi murdaf qofiya (q.) deb yuritiladi.

  1. Qayd (ar.) - bog‘langan. Qator undosh bilan tugagan so‘zlarda raviydan oldin, qisqa unlidan keyin kelib takrorlanuvchi undosh harf. Masalan, “arjumand - pisand” qofiyalarida “n” undoshi qayddir. Qayd qatnashgan qofiya turi muqayyad(qaydli) qofiya (q.) deb yuritiladi.

b) qo‘shimcha tarkibida qo‘llaniladigan harflar:

  1. Vasl (ar.) - ulanish. Raviydan keyin keluvchi cho‘ziq unli yoki undosh harf. Masalan, “shiddati - furqati” qofiyalarida “t”dan keyin keluvchi cho‘ziq “u” unlisi vasldir. Vasl qatnashgan qofiya tuzilishiga ko‘ra mutlaqqofiya (q.) hisoblanadi.

  1. Xuruj (ar.) - tashqari chiqish. Vasldan keyin keluvchi cho‘ziq unli yoki undosh harfdir. Masalan, “zamondin - ondin” qofiyalarida birinchi to‘rgan “n” raviy bo‘lsa, undan keyin kelgan “d” undoshi - vasl, qofiya so‘ngida to‘rgan “n” esa xurujdir. Xuruj qatnashgan qofiya tuzilishiga ko‘ra mutlaqqofiya (q.) hisoblanadi.

  1. Mazid (ar.) - orttirilgan. Xurujdan keyin keluvchi cho‘ziq unli yoki undosh harfdir. Masalan, “hamdamlari - xurramlari” qofiyalarida “r” harfi xuruj, undan keyin kelgan cho‘ziq “i” unlisi maziddir.

MUJARRAD QOFIYA (ar.) - yakka, yolg‘iz, tanho. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Bunday qofiya turida raviy harfi cho‘ziq unlidan iborat bo‘lishi yoki raviy undosh bilan yakunlanib, undan oldin tavjih - qisqa unli kelishi asosiy talab hisoblanadi. Forsiy va turkiy she’riyatda keng qo‘llanilgan. M.q.haqidagi ma’lumotlar Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”(1218-1233), Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (1253) asarlarida keltirilgan. Ushbu asarlarda M.q. raviydan avval keluvchi (moqabli raviy) harflar bilan bog‘liq holda talqin qilinadi.
M.q. raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad (q.) va mutlaq (q.) ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida M.q.ning bir necha turlari keng qo‘llanilgan:


  1. Download 2.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling