Microsoft Word navoiy badoyiul vasat lotin ziyouz com doc
Download 0,82 Mb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoye\' ul-vasat
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «BADOYE’»DIN 1
Alisher Navoiy. Badoe’ ul-vasat www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Alisher NAVOIY Xazoyin ul-maoniy BADOYE’ UL-VASAT ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «BADOYE’»DIN 1 Ey navbahori orazing subhig‘a jonparvar havo, Andin gulu bulbul topib yuz barg birla ming navo. To‘biyu shohi sidradur ko‘yung giyohi, negakim Ushshoq ashku ohidin har dam topar suyu havo. Zahri firoqingdin qayu oshiqki bo‘ldi talxkom, No‘shi visoling yetmasa, Iso anga topmas davo. Chun qoziyul hojot sen da’voi mahring qilg‘ali, Dardu firoq anduhidin kelturmisham ikki guvo. Qilmay qabul ijodning imkoni yo‘q, so‘ngra yana Maqbulini rad aylamak lutfungdin o‘lg‘aymu ravo. Zohid, ko‘ngulning xilvatin matlub g‘ayridin orit, Sen sayr qilsang qil, kerak ko‘nglungga bo‘lsa inzivo. Desang Navoiy jon aro mahbub bo‘lg‘ay jilvagar, Avval ko‘ngul ko‘zgusidin mahv ayla naqshi mosivo. 2 Ne sun’ungdin ajab yuz ming jahon bo‘lmoq yana paydo, Ne mulkungga xalal yuz ming jahondek bo‘lsa nopaydo. Ne poyoni jalolu kibriyodurkim tafovut yo‘q, Agar yuz ming jahondek bo‘lsa nopaydo va yo paydo. Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim, Anga yo‘q ibtido paydo, munga yo‘q intiho paydo. Irodang birla taqdiringdin o‘lg‘ay ikki kavn ichra, Agar bo‘lsa fano zohir vagar bo‘lsa baqo paydo. Falak ham ojiz, axtar ham zabun, sayru sukun ichra Ki, sendindur, ne bo‘lsa anjumu aflok aro paydo. Alisher Navoiy. Badoe’ ul-vasat www.ziyouz.com kutubxonasi 2 Bahona ummohot o‘ldiyu obo yo‘qsa sun’ungdin, Ato birla anog‘a ne atovu ne ano paydo. Nechakim bahr ila kon bo‘lsa, sendin tarbiyat yetmay, Emastur mumkin o‘lmoq durru la’li bebaho paydo. Chu bahri rahmating mavj ursa, paydo bo‘lmag‘ay xascha, Necha jurm ahlidinkim bo‘lsa yuz ko‘hi xato paydo. Navoiyning tilin shukrungg‘a go‘yo aylakim, bo‘lg‘ay Anga hamding gulistonida har dam yuz navo paydo. 3 Ey, qilib lutfu ato birla ulus komi ravo, Ey, vujudu adam ikkisi vujudingg‘a guvo. Sen solib nav’i bashar xayli mizoji aro za’f, Sendin aflok tiboida qavi barcha quvo. Ofarinish sipahida bir emas yuz mingdin Mehrkim, chekti falak burjida zarbaft livo. Yetmasa gardi rahing ko‘hli bo‘lub Ruhulloh Ojiz aylar chog‘i xuffosh amosig‘a davo. Lutfung ollida kirib ravzag‘a ahli isyon, Qahring o‘lg‘anda tushub vaylg‘a ahli taqvo. Sharqdin g‘arbni bir dam borib ahli talabing Kim, bo‘lub himmat ayog‘i bila ul qavm ravo. Gulshani vaslinga har qushki havo ko‘rguzdi, Yetmadi lek agar yetti qilib erdi havo. Zotinga g‘ayrni kimsa nachuk etgay tashbih, Mosivalloh chu savo keldiyu ul zot sivo. Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay Bog‘i tavhid gulu bulbuldek bargu navo. 4 Ey, jamoling jilvasi mir’ot insu jon aro, Lek o‘lub ul jilva komil mazhari inson aro. Topmag‘an bo‘lsa labingning sharbatidin choshni, Alisher Navoiy. Badoe’ ul-vasat Download 0,82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling