Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
Download 2.88 Mb.
|
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- radd ul- qofiya
- iyto
- radd ul-matla’
RADD UL-MATLA’ (ar. - matla’ning takrorlanishi) - g‘azal yoki qasida matla’idagi birinchi misraning maqta’da, ba’zan she’r tarkibidagi baytlardan birida takrorlanib kelishiga asoslangan she’riy san’at. Bu tarzdagi takror tasodifiy bo‘lmasdan, muayyan poetik maqsadga ega. G‘azal matla’si yoki qasidaning birinchi baytida ilgari surilgan fikr keyingi baytlarda rivojlantirilib boriladi va she’r nihoyasida misrani takrorlash orqali o‘sha fikr yana ta’kidlanadi.
Ilmi badi’ga doir forsiy manbalarda bu san’at haqida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqat Atoulloh Husayniy o‘zining qofiya ilmiga doir “Risolai vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy” (1487) nomli risolasida ushbu san’at nomini keltirib, uni qofiya san’atlaridan biri sifatida tilga oladi va matla’da keltirilgan qofiyaning keyingi baytlar tarkibida takrorlanishi R.m.deb atalishini ta’kidlaydi. Aynan shunga o‘xshash fikr Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi’ ul-afkor fi sanoyi’ ul-ash’or ”(15-a.) asarida ham keltiriladi. SHayx Ahmad Taroziyning turkiy poetikaga doir “Funun ul-balog‘a” (1436-1437) asarida esa ushbu san’atga quyidagicha ta’rif berilgan: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, she’rning matla’ini radd qilurlar. Bu uch nav’ bo‘lur. Biri ulkim, matla’ning avvalgi misraini tamom maqta’da radd qilurlar...” Taroziy R.m.ning keyingi turlari sifatida matla’dagi birinchi misraning qofiyasini maqta’da va ikkinchi yoki uchinchi baytlarda takrorlashga asoslangan san’atlarni keltirib o‘tadi. Bu turlar hozirgi ilmi badi’da radd ul- qofiya nomi bilan atalib, alohida she’riy san’at hisoblanadi. Alisher Navoiy ijodida R.m. san’ati keng istifoda etilgan bo‘lib, ushbu san’at Navoiy g‘azallaridagi bosh g‘oya - fikr, xulosa yoki uning ayrim jihatlarini, etakchi fikr, xulosaning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘lgan asosiy sababga urg‘u qaratish va alohida ta’kidlash uchun xizmat qilgan. Shoir g‘azallarida R.m. ning ikki xil ko‘rinishi keng qo‘llanilganligini kuzatish mumkin: matla’dagi birinchi misraning maqta’ning so‘nggi misrasida takrorlanib kelishiga asoslangan R.m.; matla’dagi birinchi misraning ikkinchi bayt tarkibida qaytarilib kelishiga asoslangan R.m.. “Xazoyin ul-maoniy”da R.m. san’ati asosida yozilgan 35 ga yaqin g‘azal mavjud bo‘lib, shulardan 31 tasida R.m.ning birinchi ko‘rinishi, qolganlarida esa matla’dagi birinchi misraning ikkinchi bayt tarkibida takrorlanib kelishiga asoslangan ko‘rinishi qo‘llanilgan (Y.Is’hoqov). R.m.ning birinchi ko‘rinishiga Navoiyning quyidagi g‘azalini misol tariqasida keltirish mumkin: Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, Qolg‘ani sarf o ‘ldi anduhu pushaymonligda hayf. Jong‘a bir dushvorlig‘ qo ‘ymay riyozat ranjidin, Sarf bo ‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf. Bog‘ladimpaymonadinpaymon, fig‘onkim, aqlu din Bo ‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig‘da hayf. Ey musulmonlar, bilingkim, bo ‘ldi umrum hosili Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf. Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik, Desam o ‘z ahvolima bu nav’ hayronlig ‘da hayf. Andoq ish qilkim, pushaymon bo ‘lmag ‘aysenkim, emas Hech osig‘ chun ish xato bo ‘ldipushaymonligda hayf. Har ne o‘tkan so ‘zlarim chindur desam yolg ‘on erur, CHin budurkim, degamen umr o ‘ttiyolg‘onlig‘da hayf. CHun engilrakdur hisob o ‘lg‘anda sultondin gado, Hayfkim, bo ‘lg ‘ay gado avqoti sultonlig ‘da hayf. Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening Kechti umrum naqdig‘aflat birla nodonlig‘da hayf. (G‘aroyib us-sig‘ar, 303-g‘azal). R.m.ning Alisher Navoiy ijodidagi ikkinchi ko‘rinishiga quyidagi g‘azal baytlari misol bo‘la oladi: Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur, Xil’at ermas, ul bir o‘tdurkim, mening jonimdadur. Otashin la ’lidururkim, anda muzmar bo ‘ldi jon, Otashin gulbargidan xil’atki jononimdadur. (Badoyi’ ul-vasat, 194-g‘azal). Navoiy she’riyatida R.m.san’atining bir oz o‘zgargan ko‘rinishi ham qo‘llanilgan bo‘lib, unda matla’dagi birinchi misra ikkinchi bayt yoki maqta’da bir oz o‘zgargan shaklda takrorlanadi. Bu san’atni shartli ravishda yarim R.m.deb atash mumkin (Y.Is’hoqov). “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida o‘ndan ortiq g‘azal ushbu san’at asosida yozilganligini ko‘rish mumkin. Matla’ va ikkinchi bayt orasidagi yarim R.m.ga misol: O ‘yuy olsam eshiking tufrog‘iniyostanibon, Saltanat taxtig ‘a chiqmoq tilamon uyg ‘onibon. It kibi har necha qavsang urubon toshu kesak, YOna kelgum eshiking tufrog‘iniyostanibon... (Navodir ush-shabob, 452-g‘azal). Matla’ va maqta’ orasidagi yarim R.m.ga misol: Holima yor tarahhum qilmas, Yig ‘lasam zor, tabassum qilmas. Ko ‘ngluma vahm erur hijrondin, Qatldin hech tavahhum qilmas. G ‘uncha og ‘zing so ‘zida qaysi zamon Kim, hazin ko ‘nglum o‘zin gum qilmas. Javrlarkim qilur ul oy manga, Etti aflok aro anjum qilmas. Qaysi bir zulmki qilmas ul sho ‘x, Garchi bu zor tazallum qilmas. YUz kalom el bila aytur har dam, Bizga bir nukta takallum qilmas. Ey Navoiy, qiya boqti demakim, Ko ‘ngluma yor tarahhum qilmas. (Favoyid ul-kibar, 225-g‘azal). (D.YUsupova) Radd ul-qofiya (ar. - qofiyaning takrorlanishi) - g‘azal yoki qasida matla’idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta’da takrorlanishiga asoslangan badiiy san’at XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda “iyto” deb yuritilgan. Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam” (1218-1233), Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (13-a.) Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi’ ul- afkor fi sanoyi’ ul-ash’or” (15-a.), Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya” (1465), Atoulloh Husayniyning “Risolai vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy” (1487) asarlarida mazkur san’at haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarning deyarli barchasida iyto qofiya nuqsonlaridan biri sifatida e’tirof etilib, agar takrorlanuvchi qofiyalar orasida muayyan masofa bo‘lsa (g‘azal va qit’ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14-20 baytdan keyin) yoki she’r ikki matla’ga ega bo‘lsa (she’r o‘rtasida yana bir qo‘sh qofiyalanuvchi bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin degan umumiy xulosa aytiladi. SHayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” (1436-37) asarida R.q. san’ati radd ul-matla’ tarkibida tahlil qilinib, risolada keltirilgan radd ul-matla’ning ikkinchi va uchinchi turlari aynan R.q. san’atiga mos keladi: “Ikkinchi nav’i ulkim, avvalgi misra’ning qofiyasini maqta’ning oxirinda radd qilurlar... Uchinchi nav’i ulkim, avvalgi misra’ning qofiyasini ikkinchi bayt yo uchinchi baytta radd qilurlar”. Bunda muallif R.q. san’atining matla’dagi qofiyaning maqta’da yoki ikkinchi va uchinchi baytlardan birida takrorlanishiga asoslanishini ta’kidlayapti. Alisher Navoiy g‘azaliyotida ushbu san’at ancha faol qo‘llanilgan bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida uning turli ko‘rinishdagi 450 dan ortiq namunalarini uchratish mumkin (Y.Is’hoqov). Shoir she’riyatida R.q.ning quyidagi ko‘rinishlari qo‘llanilgan: 1. G‘azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchi baytda takrorlanishiga asoslangan R.q.: Bahor sensiz o ‘luptur manga ajab do ‘zax, Qizil gul anda o ‘tu oq shukufalardur yax. Bahor sensiz agar do ‘zax o‘lsa tong ermas, Bihisht ichinda liqo bo ‘lmasa erur do‘zax... (G‘aroyib us-sig‘ar, 108-g‘azal). G‘azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan R.q.: YUz tuman mehnat o ‘qi anduhlug‘ jonimdadur, To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur. Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg ‘asen Notavon jonimg ‘a har zahmatki, jononimdadur. Dard menda sendin ortuq bo ‘lsa, jono, ne ajab Kim, seningjismingdadur zahmat, mening jonimdadur... (G‘aroyib us-sig‘ar, 150-g‘azal). G‘azal matla’sidagi ikkinchi misraning qofiyasi ikkinchidan keyingi baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan R.q.: Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, Qolg‘ani sarf o ‘ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf. Jong ‘a bir dushvorlig ‘ qo ‘ymay riyozat ranjidin, Sarf bo ‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf. Bog‘ladimpaymonadinpaymon, fig‘onkim, aqlu din Bo ‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig ‘da hayf. Ey musulmonlar, bilingkim, bo ‘ldi umrum hosili Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig ‘da hayf. Hayfkim, naf aylamas har nechakim tortib ilik, Desam o ‘z ahvolima bu nav’ hayronlig ‘da hayf. Andoq ish qilkim, pushaymon bo ‘lmag ‘aysenkim, emas Hech osig‘ chun ish xato bo ‘ldipushaymonlig‘da hayf... (G‘aroyib us-sig‘ar, 303-g‘azal). G‘azal matla’idagi qofiyalardan birining maqta’da takrorlanishiga asoslangan Rq.: Ishq soldi xonumonim ichra o‘t, La ’li otashnoki jonim ichra o‘t. Nega etkan erga o‘rtar xalqni Bo ‘lmasa ohu fig ‘onim ichra o ‘t. Qo ‘nglum ermas tandakim, hajring aro Tushti jismi notavonim ichra o ‘t. O ‘qlaringning kasratidin chektim oh, Tushti andin naysitonim ichra o ‘t. Hajrdin kuydi so ‘ngaklar, vahki, ishq Soqiyo, maydin su urkim, soldi davr Joni benomu nishonim ichra o ‘t. Ey Navoiy, chun chaqildi barqi ishq, Tushti andin xonumonim ichra o‘t. (Navodir ush-shabob,86-g‘azal). Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling