Filologiya va tillarni


Download 39.75 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi39.75 Kb.
#1564794
1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma

Dars shiori: Bilim olish istagi,
Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning,
Dars muqaddasdir.

Kun hikmati: Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun,
Inson hayotida qolur bemazmun.
Darsning borishi:
Dastlab o‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadi:
1 guruh: Morfologiya
2 guruh: Sintaksis
3 guruh: Punktuatsiya
O‘tilgan dars takrori va uyga vazifani nazorat qilish: O‘tilgan mavzu - “Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari” mavzusi, uyga vazifa 143-mashq asosida yozib kelingan maqollar tekshiriladi va slayd orqali namunalar ko‘rsatiladi.

  1. Nima eksang, shuni o‘rasan.

  2. Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan.

  3. Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.

Har bir shartdan keyin guruhlar baholab boriladi.
O‘tilgan mavzu savollar yozilgan tarqatmalar yordamida takrorlab olinadi.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu slayd ma’lumotlari yordamida tushuntiriladi.
Kim? Ona
Nima? Vatan
Qayer? Maktab
Eganing so‘roqlari haqida ma’lumot berilgach, navbatdagi slayd orqali eganing qaysi so‘z turkumlari orqali ifodalanishi ko‘rsatib beriladi.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:

  1. Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi.

  2. Olmosh bilan: Sen Vataning uchun kerakli inson bo‘l.

  3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.

  4. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar.

  5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.

  6. Harakat nomi bilan: O‘qish har birimizning burchimizdir.

  7. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi.

144-mashq «So‘roq berib, yegasini top» metodi asosida bajariladi. Har bir guruhga topshiriq mustaqil bajarish uchun beriladi.
Tez kunda sayohatga boramiz. Kim boradi?- Biz boramiz. I shaxs ko‘plik
Bu yerda nima qilyapsiz? Kim nima qilyapti?- Siz nima qilyapsiz? II shaxs ko‘plik
Agar aslingga boqsang, dur-u daryoyi haqiqatsan.- Kim boqsa? Sen boqsang.
Kim haqiqat? Sen haqiqatsan. II shaxs birlik.
Nima qilsam ekan? – Kim? Men nima qilsam ekan? I shaxs birlik.
“Munozara” usuli o‘tkazilib, unda har bir uch guruhga kengashgan holda eganing gapdagi o‘rni va vazifasi haqida umumlashma tuzish topshiriladi.
Bunda guruhlarga 2 minut vaqt beriladi va javoblari xulosalanib, qoida hosil qilinadi. Faol guruhga rag‘bat berib boriladi.
145-mashq. “Kim chaqqon?” metodi asosida o‘tkazilib, unda sifat va sifatdoshlarning ega vazifasida qo‘llanishiga har bir guruh uchtadan misol yozishi kerak. Qaysi guruh birinchi bo‘lib bajarsa, g‘olib hisoblanadi.
Namuna:
1.Sifat bilan: Yaxshilar bor bo‘lsin dunyoda. Kimlar?- yaxshilar.
2.Sifatdosh bilan: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. Kim?- birlashgan, birlashmagan.
Chigil yozdi” metodi o‘tkazilib, unda o‘quvchilarga fonetik mashq bajarish topshiriladi vaguruhlarning to‘g‘ri, chaqqonlik bilan, chiroyli yozuvda bajarganlari nazorat qilib boriladi. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa beriladi.
1-guruhga: M harfi bilan boshlanib, M harfi bilan tugaydigan so‘zlar; M: Muallim…
2-guruhga: B harfi bilan boshlanib, B harfi bilan tugaydigan so‘zlar; M: Bob…
3-guruhga: Q harfi bilan boshlanib, Q harfi bilan tugaydigan so‘zlar; M: Quloq…”



Download 39.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling