Filologiya


Download 96.44 Kb.
bet1/6
Sana28.03.2023
Hajmi96.44 Kb.
#1303690
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QO‘QON XONLIGINING TASHKIL TOPISHI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
FILOLOGIYA” FAKULTETI
TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO‘YICHA)” TA’LIM YO‘NALISHI
4-BOSQICH 5-T-OT-S-20-GURUH TALABASI
MENGLIYEV XIDIRNING
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: QO‘QON XONLIGINING TASHKIL TOPISHI


Bajardi: Mengliyev Xidir


Ilmiy rahbar: Tarix fani o’qituvchisi

  1. Qarshiyev



DENOV-2022


MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………..………..….…..…..3-4
I bob. Qo‘qon xonligining tashkil topishi va shakillanishi…………...…...5-19
1.1. “Qo’qоn хоnligi tаriхi” mахsus kursi mаnbаshunоsligi.………...…...5-12
1.2. Erdоnаbiy vа Nоrbo’tаbiy hukmrоnliklаri dаvridа Qo’qоn bеkligi ….…..……………...………………………………………………………....12-19

II bob. Qo’qоn хоnligi Оlimхоn vа Umаrхоn dаvridа ……….…...……...19-31


2.1. Маdаliхоn dаvridа Qo„qоn хоnligi........................................................19-24
2.2. Qo’qоn хоnligidа Shеrаliхоn hukmrоnligi dаvri………………..….…24-31
Xulosa..…………………….…………………………………………….....…32-33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………..…..…….34


Kirish.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganish, diyorimizda qadimgi zamonda hamda o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar tarixini tadqiq etish muhim ilmiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. А. Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli risolasida o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganish olimlarimiz oldida turgan ustivor vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizning oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek davlatchiligi tarixi”, “Amir Temur davlati tarixi”, “Somoniylar davlati tarixi” kabi maxsus kurslar kiritildi. Ana shu xayrli ishlarning davomi sifatida Farg‘ona davlat universiteti “Tarix” yo‘nalishi talabalari uchun “Qo‘qon xonligi ttarixi” maxsus kursi joriy etildi. Shubhasiz, bu maxsus kurs o‘zbek davlatchiligi tarixini yanada teran idrok etish imkoniyatini beradi.
Mazkur kursning predmeti - bu XVIII asrning boshi va XIX asrning uchinchi choragiga qadar mavjud bo‘lgan, nafaqat Farg‘ona vodiysi, hozirgi Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari va Qozog‘istonning janubiy hududlarini o‘z ichiga olgan Qo‘qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidir. Ushbu davlat tarixining turli qirralarini o‘zaro dialektik birlikda ilmiy asosda o‘rganish o‘zbek davlatchiligi tarixini yanada chuqurroq idrok etishga ko‘mak beradi. Maxsus kursning asosiy maqsadi ham xuddi shundan iborat. Mavjud tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida ushbu davlat tarixini o‘rganish talabalarning tarixiy tafakkurini kengaytiradi, ularga O‘zbekiston tarixini yanada teranroq bilib olish imkoniyatini beradi.
“Qo‘qon xonligi tarixi” maxsus kursini o‘qitish jarayonida bir necha vazifalarni hal etish nazarda tutilgan. Birinchidan, kursni o‘rganish jarayonida talabalar ushbu davlat tarixini yorituvchi birlamchi manbalarni o‘qishlari va bilib olishlari zarur. Ikkinchidan, Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan ilmiy asarlar - maqolalar, risolalar va monografiyalar bilan yaqindan tanishadilar. Bu esa ularning ilmiy tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Uchinchidan, maxsus kurs O‘zbekistonda davlatchilik uzoq tarixga va an’analarga ega ekanligini ko‘rsatib, xorijdagi ba’zi siyosatdonlarning bu boradagi noto‘g‘ri aqidalarini rad etishga yordam beradi.
Qo‘qon xonligi XVIII-XIX asrlarda rivojlangan hudud sifatida doimo olimlarning e’tiborini jalb qilgan. Farg‘ona vodiysiga umumiy holatda ko‘plab sayyohlar kirib kelib, mazkur hudud haqida mavjud ma’lumotlarni o‘z asarlarida qayd qilganlar.
Farg‘ona vodiysidagi XVIII-XIX asrlar tarixi ko‘pgina tadqiqotchilar merosidan o‘rin egallagan. Ular yashagan va ijod qilgan vaqtga qarab mavjud manbalarni shartli ravishda bir necha davrlarga ajratish mumkin: 1. Saroy tarixchilarining asarlari; 2. Mahalliy mualliflaming xonlik tarixini o‘zida aks ettirgan asarlari; 3. XVIII-XIX asrlar davomida xonlikka tashrif buyurgan rus va yevropalik sayyohlar, harbiylar, elchilar va savdogarlarning safamoma va esdaliklari; 4. arxiv hujjatlari.
Qo‘qon xonligi tarixi eng avvalo, birlamchi manbalar, ya’ni o‘sha zamonlarda yaratilgan tarixiy asarlar asosida o‘rganiladi. Bunday manbalar qatoriga Muhammadhakimxon To‘ra “Muntaxab at-tavorix”1 asarini kiritishimiz mumkin. Mazkur asarda xonlik tarixiga oid XVIII asr o‘rtalaridan - 1843-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar berilgan.
Xonlikning asos solinishi, tashkil topishi va rivoji haqida Xudoyorxonzodaning “Anjum at-tavorix” asarida ham o‘ziga xos ma’lumotlar berilgan2. Bu asarning qimmati shundaki, asar muallifi bevosita minglar sulolasiga mansub shaxs bo‘lib, avlodlari ma’lumotlaridan keng foydalangan. Shu bilan birgalikda, Mulla Olim Maxdumxoja, Ishoqxon Ibrat, Mirzo Olim Mushrif, Muhammad Yahyoxon, Muhammad Aziz Marg‘iloniy kabi mualliflaming asarlari ham xonlik tarixini o‘rganishda muhim manbalardan hisoblanadi3.


Download 96.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling