Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik
Download 357.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Fin ta\'limi amaliyotda
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik o‘quvchilarning maktab jamoasining haqiqiy a ’zolari va faol agentlari sifatida qaralishini anglatadi. O‘rganuvchilarga yo‘naltirilgan maktab bo‘lish nimani anglatadi? Yuqorida aytib o‘tilganidek, haqiqatan ham o‘rganuvchiga yo‘naltirilgan bo‘lish o‘quvchilarni tinglash kerakligini anglatadi. Maktab tanqidiy fikr-mulohazalarda ham, ijobiy harakatlarda ham o‘quvchilarning fikrlarini so‘rashi va ularga o‘z takliflari bilan chiqishlariga ruxsat berishi kerak (Pokka 2015, 51). Bu mulohaza qilish, yoshlarning dunyoni qanday tasavvur qilishini tushunishni talab qiladi. Bu, shuningdek, maktab jamoasiga madaniy o‘zgarishlar va yangi madaniy hodisalarga munosabat bildirishda yordam beradi. (Pokka 2015, 32.) Biroq, o‘rganuvchiga yo‘naltirilgan bo‘lish, hamma narsa o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra tashkil etilishi yoki o‘quvchilar maktab qoidalarini o‘zlari yaratishi mumkin degani emas. Pokkaning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan yondashuv tartib-intizomga zid bo‘lishi kerak emas. Har bir kishi, shu jumladan o‘quvchilar ham maktab jamoasini hurmat qilishi kerak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quv jarayoniga jalb qilingan barcha shaxslar, kattalar va bolalar o‘rtasida bir-birini hurmat qilish b o‘yicha ko‘p tomonlama kelishuvdir. (Pokka 2015, 51.) O‘quvchiga 5 O‘rganish faqat yangi ma’lumotlar olish bilan cheklanmaydi. O‘rganish yangi bilim, ko‘nikma va munosabatlarni izlash faoliyati sifatida qaraladi. O‘rganish - bu atrofimizdagi jamiyat va madaniyatni tushunish va ularni kengroq, global kontekstda ko‘rishdir. O‘rganish - bu qadriyatlarni tan olish va yangi qiymat yaratishdir. (Finlyandiya Milliy Ta'lim Kengashi 2016.) y o‘naltirilgan yondashuvning belgilovchi sifatlaridan biri bu ularning ijtimoiy farovonligiga e ’tibor berishdir. Ijtimoiy farovonlik ham o‘rganishning zaruriy sharti, ham o‘ziga xos qadriyatdir. Sahlberg (2017, XV) Finlyandiyada bolalarning farovonligi, so g‘ligi va baxtiyorligiga e’tibor berish butun mamlakat bo‘ylab maktab ta ’limining asosiy maqsadlaridan biriga aylanganligini ta’kidlaydi. Buni, ayniqsa, bilim olishdan zavqlanishni o‘rganish konsepsiyasi sifatida yuqori o‘ringa qo‘ygan yangi milliy o‘quv dasturida ko‘rish mumkin (Uolker 2017, 189). Ijtimoiy farovonlik, shuningdek, o‘rganish jarayonining rag‘batlantiruvchisi sifatida ko‘riladi. Uolker Adlerning fikrlarini tasdiqlagan holda, ijtimoiy farovonlik va akademik muvaffaqiyat ayrimlar aytganidek, bir-biriga qarama-qarshi emasligini ta ’kidlaydi. Aksincha, ijtimoiy farovonlikning ortishi o‘rganish va akademik yutuqlarni yaxshilaydi. (Uoker 2017, 188-189.) Finlyandiyadagi ta ’lim ko‘pincha stresslardan holi deb ta’riflanadi. Stress y o‘qligining asosiy sabablaridan biri standartlashtirilgan imtihonlarning yo‘qligidir. Yagona majburiy standartlashtirilgan imtihon odatda o‘quvchilar 18 yoki 19 yoshda topshiradigan imtihonidir ( o‘rta maktabni tamomlash oldidan topshiriladigan imtihon). Sahlberg (2006, 282) Finlyandiya maktablaridagi o‘quv muhiti odatda test sinovlaridan yiqilish natijasida kelib chiqadigan q o‘rquv, xavotir va tashvishlardan holi ekanligini ta’kidlaydi. Stressning yo‘qligi o‘quvchilar farovonligining tarkibiy qismidir va o‘rganishni rag‘batlantirishga hissa qo‘shadi. Fin maktablaridagi boshqa ko‘plab xususiyatlar ham o‘quvchilar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, mash g‘ulotlar orasidagi kunlik tanaffuslar, o‘quv kunlarining qisqaligi, uzoq davom etadigan ta ’tillar, yengil uy vazifalari va qulay muhit va boshqalar shular jumlasidandir. Download 357.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling