Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


O’zb Res. Respublika byudjeti da’ramatlari qurami


Download 309.92 Kb.
bet22/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
68.O’zb Res. Respublika byudjeti da’ramatlari quramiBugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-jetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidanto’lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari73 quyidagi manbalar hisobidan shakllanti-rilmoqda: 1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:  yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;  yagona soliq to’lovi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;  qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz solig’i;  yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;2) bojxona bojlari; 3) qo’shimcha foyda solig’i;4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; 5) boshqa daromadlar. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqibo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar)mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlikuchun to’lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling