Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Ma’m byudjeti qas’rejetlerinin’ konkret tu’rleri


Download 309.92 Kb.
bet19/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
61. Ma’m byudjeti qas’rejetlerinin’ konkret tu’rleriMa’m byudjeti qa’rejetleri ózleriniń belgili konkret maqsetlerge mólsherlengenligi boyınsha da bir neshe bólimlerge bólinedi. Bul bólimler byudjet qárejetleriniń konkret túrlerinen quraladı. Kapital qoyılmalar, dotaciyalar, subvenciyalar, subsidiyalar, byudjet ssudaları, is haqı, awqatlanıw qárejetleri, kapital hám aģımdaģı remont, kancelyariya hám xojalıq qárejetlerin byudjet qárejetleriniń konkret túrleri sıpatında kórsetiw múmkin. Byudjet qárejetleriniń belgili konkret maqsetlerge mólsherlengenligi boyınsha gruppalanıwı byudjet qarjılarınan aqılana paydalanıwģa sharayat jaratadı, byudjet assignovaniyalarınan paydalanıw ústinen nátiyjeli hám tásirsheń finanslıq qadaģalawdı ámelge asırıwdıń zárúriy tiykarı esaplanadı.
62. Ma’mlekettin’ ishki ha’m sirtqi qarizlari.Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqningboshqa sub’yektlari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi”dirdeb, ta’rif berilgan. Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi: davlat ichki qarzlari; davlatning tashqi qarzlari.Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat o’z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. Masalan, biror bir korxona ijtimoiy ob’ektni o’zining yoki jalb qilingan mablag’lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o’z vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Manashunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda bo’ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda qisman qaror topgan edi. Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin:iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-larini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to’g’rilash; mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish; byudjet defitsitini moliyalashtirish; tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga
bo’lgan ehtiyojlarni qoplash.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling