78. Byudjet qárejetlerin jumsaw máseleleri hám wazıypaları. Muammolar. Hozirgacha davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha ayrim kamchiliklar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samara-dorligi nisbatan past; davlat byudjeti mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti mavjud; davlat byudjeti daromadlari bo’yicha rejalar baja-rilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yo’nalishlarining moliya-lashtirilishi noproportsionaldir; davlat byudjeti xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib etilgan muammolarini hal eta olmayapti; sub’yektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti; milliy xo’jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha qisqardi; va boshqalar. Davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar. Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha baja-rilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning o’z vaqtida bajarilishini taqozo etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyi-halarga davlat byudjeti mablag’larini yig’ish (kontsentratsiya qilish), ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishning ustu-vorligini ta’minlash; sub’yektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning to’liq qaytarilishiga erishish; iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish; loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayon-larning nomarkazlashuvini davom ettirish; davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha xarajatlarni qisqartirish; harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mo’ljallangan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish; ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo’nalti-rilayotgan dotatsiyalarni kamaytirish; maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bo’yicha xarajatlarni qisqartirish; fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajat-larining ustuvor moliyalashtirilishini ta’minlash; davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish; davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning g’azna-chilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish; va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |