Finlandiya — suveren respublika


«Fin tajribasini tatbiq etish»: savollar


Download 148.5 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1650631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
finlandiya uzb

«Fin tajribasini tatbiq etish»: savollar


Fin tajribasini tahlil qilarkan, Salberg shunday ogohlantiradi: Finlyandiya ta’limdagi muvaffaqiyatli islohotlar namunasi sifatida ko‘p ko‘rsatilsa-da, bu Finlyandiyaning o‘zida 1970 yillardan boshlab qo‘llab kelinayotgan g‘oya va tamoyillar boshqa madaniy yoki ijtimoiy kontekstlarda ish beradi, degani emas.
Darhaqiqat, ta’lim tizimi — masalan, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari, ta’lim muassasalari, baholash tizimi, tizimda ishlovchi mutaxassislar, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq unsurlardan iborat murakkab bir mexanizm bo‘lib, ushbu zanjirning bir yoki bir necha pog‘onasini ularning boshqa unsurlar bilan munosabatlarini inobatga olmay ko‘chirish kutilgan samarani bermasligi mumkin. Butun tizimni kontekstni inobatga olmay ko‘r-ko‘rona ko‘chirish ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu munosabat bilan, «Finlyandiya ta’lim tizimini tatbiq etish» yuzasidan bir qator savollar tug‘ilmoqda:

  • Nima uchun, masalan, so‘nggi yillarda PISA reytingida Finlyandiyani ortda qoldirib ketgan davlatlarning emas, aynan Finlyandiyaning modeli tanlandi?

  • Nima uchun «tatbiq etish» hududi sifatida Qashqadaryo tanlangan? Qanday ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa omillar O‘zbekistondan ko‘plab jihatlar bo‘yicha farq qiluvchi Finlyandiyadek mamlakatning tajribasini aynan ushbu hududda tatbiq etib ko‘rishga imkon beradi?

  • «Finlyandiya ta’lim tizimi» deganda aynan nima nazarda tutilmoqda? Finlyandiya ta’lim tizimining aynan qanday jihatlari hududda joriy etiladi? Masalan, 11 yillik ta’lim yo‘q qilinib, o‘rniga Finlyandiyadagidek «9 3 3» tizimi joriy etiladimi? Mahalliy ta’lim organlari va maktablarga Finlyandiyadagidek avtonomiya beriladimi? Xuddi Finlyandiyadagidek ushbu hududda ham maktab va o‘qituvchilarni nazorat qilish va tekshirishlardan voz kechamizmi? Xuddi Finlyandiyadagidek barcha bir xil ta’lim xizmatlaridan foydalana olishi uchun ushbu hududdagi prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni yopib, moliyaviy resurslarni teng taqsimlash tizimini joriy etamizmi? Barcha o‘qituvchilar xuddi Finlyandiyadagidek magistr darajasiga ega bo‘lishi shart bo‘ladimi?

  • «Darsliklarning fincha standarti» deganda nimalar nazarda tutilmoqda? Fin darsliklarining aynan qanday xususiyatlari ularni, masalan, prezident maktablaridan foydalanilayotgan Kembrij darsliklaridan yoki boshqa mashhur nashriyotlarning darsliklaridan yaxshiroq qiladi?

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa vakolatli organlarni shu va boshqa savollarni ochiq muhokama qilishga chaqiraman. Bir necha yil avval biz 12 yillik ta’limdan voz kechgandik, vaholanki uning joriy etilishi uchun katta kuch va vositalar sarflangan va o‘z vaqtida rosa maqtalgan edi, ammo shu vaqtgacha ushbu qarorning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib beruvchi tadqiqotlar yo‘q. Finlyandiya yoki boshqa istalgan mamlakat tajribasini ko‘chirish — izchil o‘ylangan holda qabul qilinishi zarur bo‘lgan taqdirlarga ta’sir qiluvchi qarordir.
P.S. Maqola tayyorlanayotgan vaqtda, prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish va XTVning brifingi haqida xabarlar chiqdi. Ularga ko‘ra, 2023 yil yanvaridan boshlab 1−4-sinf o‘quvchilari uchun «Finlyandiyaning vakolatli organlarining sifat belgisi bilan qayd etilgan» darsliklar aprobatsiya qilish rejalashtirilgani, katta sinflar uchun esa aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha darsliklar tayyorlash maqsadida Sanoma Pro va Otava nashriyotlari bilan maslahatlashuvlar olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan men avval ham ko‘targan yana bir qator savollar yuzaga kelmoqda:

  • Aprobatsiya qilinishi kutilayotgan 1−4-sinf darsliklari kim tomonidan va qanday dastur asosida ishlab chiqilgan?

  • Ushbu darsliklar «Finlyandiya vakolatlari organlari»ning qay biri tomonidan va qanday mezonlar asosida tahlil qilingan?

  • Ushbu darsliklar Novda Edutainment kompaniyasida (yoki uning ko‘magi asosida) ishlab chiqilgani inobatga olinsa, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi va ma’muriy resursdan foydalanganlik masalalari qanday hal qilinadi?

  • Davlat rahbarining Milliy ta’lim dasturini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi farmoni asosida 1−3, 6, 7 va 10-sinflar uchun Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan darsliklar taqdiri nima bo‘ladi?

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling