Finlandiya — suveren respublika


Download 148.5 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1650631
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
finlandiya uzb


1.1 Finlandiya — suveren respublika
Finlandiya Respublikasi Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1981-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.

Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltiq dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100–200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shimoliy va sharqida tepalik va qirlar bor. Shimoli-gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shimolida kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600– 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, janubidagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shimolida togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va boshqa Finlandiyada 18 qoʻriqxona bor. Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Janubiy va gʻarbiy rayonlarda shvedlar, shimolida saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo. Miloddan avvalgi 3—2ming yilliklarda F. hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-asrlarda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 yillardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816-yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-asrning 20-yillaridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860-yildan uz puli joriy etildi. 19-asrning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917-yil 6 (19) dekabrda F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919-yil F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 yil "qishki urush"da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944-yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-fevralda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6-dekabr — Mustaqillik kuni (1917). Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner ishlab chiqarish), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va boshqa qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna shaharlaridagi metallurgiya zavodlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori shaharlarida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi zavodda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va boshqa ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi. Finlandiya 5 yildan beri baxtiyorlik indeksida birinchi o‘rinni egallaydi. Dunyoda iqtisodiy farovon davlatlar ko‘p bo‘lsa-da, ularning hammasi ham baxtiyorlik indeksida yuqori natija ko‘rsatmagan. Bu borada finlarning o‘ziga xos jihatlari bor.Baxtiyorlik indeksi nima?


Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida har yili bir necha omillar asosida odamlarning yashash sifati o‘rganiladi. Davlatlardagi odamlarning yashash tarzi haqidagi maqolalar, aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar yig‘ilib, Dunyo davlatlari baxtiyorlik indeksi hisoboti tayyorlanadi.
Odatda hisobotda 150 davlatdagi jon boshiga yalpi ichki mahsulot miqdori, ijtimoiy yordam, yashash tanlovlarini qilishda shaxsiy erkinlik, sog‘lom hayot davomiyligi, bag‘rikenglik va korrupsiya darajasi haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Shu mezonlar bo‘yicha oxirgi 3 yildagi holat bo‘yicha ko‘p sonli ishtirokchilar orasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, 0 dan 10 gacha baholanadi.
Oxirgi hisobot 2022 yil mart oyida e’lon qilingan bo‘lib, unda odamlarning COVID-19 pandemiyasidan oldingi va keyingi ruhiy holatlari ham o‘rganilgan.
5 yildan beri Finlandiya – aholisi eng baxtli mamlakat
2022 yil mart oyida e’lon qilingan Dunyo davlatlari baxtiyorlik indeksiga ko‘ra, Finlandiya eng yuqori ko‘rsatkichda turibdi. Eng qizig‘i, bu Finlandiyaning qatorasiga beshinchi yil dunyoning eng baxtiyor mamlakati deb topilishidir. Shuningdek, baxtiyorlik indeksi Skandinaviya davlatlarida dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda ancha yuqori.
Hisobotda odamlarning hayotdagi muvozanat va uyg‘unlik darajasi ham o‘rganilgan. Skandinaviya davlatlari aholisining ko‘pi o‘zini muvozanatli hayot kechirayotganini ma’lum qilgan. Bu ko‘rsatkich Finlandiya va Maltada 90,4 foiz chiqqan. Bu yerda aholining jismoniy holatidan to iqtisodiy holatigacha bo‘lgan faktorlar inobatga olingan.
Shuningdek, Skandinaviya davlatlari pandemiyani ham nisbatan yaxshi nazoratda tuta olgan. Bu mamlakatlarda 2020-2021 yillarda COVID-19’dan har 100 000 kishining 27 nafarida o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, bu – G‘arbiy Yevropada 80 nafar bo‘lgan.
Baxtiyorlik siri
Har qanday mamlakatning iqtisodiy farovonligi – aholining yaxshi yashashi uchun birlamchi omil. Dunyoda iqtisodiy farovon davlatlar ko‘p bo‘lsa-da, ularning hammasi ham baxtiyorlik indeksida yuqori natija ko‘rsatmagan. Demak, bu borada finlarning o‘ziga xos jihatlari bor. Bu finlarning madaniyati bilan ham bog‘liq.
Finlandiyaning Espoo shahrida aloqa koordinatori bo‘lib ishlaydigan Liisi Hatinen Finlandiyada insonning birlamchi ehtiyojlari qondirilganini aytadi. “Kafolatlangan sog‘liqni saqlash tizimi, bepul maktab, yashash uchun maosh va arzon uy-joy to‘liq hal etilgan. Bu dasturlar juda yaxshi o‘ylangan va samara ham beryapti. Shu narsalar baxtli bo‘lishning asosiy poydevordir", – deydi u.
Finlandiyada ma’lum muddat yashagan Washington Post muxbiri Kinsey Gidick ham Liisining fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Uning kuzatuvlariga ko‘ra, finlar yashash uchun talab etiladigan birlamchi ehtiyojlar uchun qayg‘urmaydi.
“Finlarning yuzida kamtarona xotirjamlik bor”, – deb yozadi u.
Finlardek hayotdan xursand yashash haqida kitob yozgan Katja Pantza qiziq ma’lumotni keltiradi. Uning yozishicha, finlarning yuzida tabassum bo‘lmasa ham, hayotidan butunlay qoniqayotgan bo‘lishi mumkin, lekin buni bildirishmaydi. Ular jamiyat manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishadi.
Fin madaniyatiga ko‘ra, baxtli bo‘lsang, buni yashirishing kerak. Va bu yerda boylik bilan maqtanish madaniyatsizlik hisoblanadi.
46 yoshli fotograf Essi Ala-Kokko finlar oddiy narsalardan xursand bo‘lib, o‘ziga qoniqish hosil qila olishga o‘rganishganini aytadi.
“Juda muvaffaqiyatli martabaga ega bo‘lishimiz yoki ko‘p pulimiz bo‘lishi shart emas. O‘rmonda sayr qilish va do‘stlar bilan uchrashish kabi hayotdagi oddiy narsalarni yaxshi ko‘ramiz”, – degan u.
Finlandiyadagi o‘rta maktab direktori Joanna Ovaska mamlakatning baxtiyorlik ko‘rsatkichida ayollarning jamiyatdagi roli katta deb hisoblaydi.
“Hukumatimizni ko‘rdingizmi? Bizda ayol bosh vazir bor. U 36 yoshda. Yana to‘rtta asosiy vazirimiz ham yosh ayollardir”, – degan u.
Ijtimoiy yordam shakllari
Finlandiyada ijtimoiy dasturlar 2ga bo‘linadi:
odamlar daromadsiz qolmasligini kafolatlovchi dasturlar;
ijtimoiy va tibbiy xizmatlarni kafolatlovchi dasturlar.
Daromad xavfsizligi dasturlari ham 2 toifaga bo‘linadi. Birinchisi – keksalik, kasallik, homiladorlik, ishsizlik yoki ish jarayonida yetkazilgan jarohatlar uchun ijtimoiy sug‘urtadir.
Ikkinchisi – farovonlikni belgilaydigan daromad xavfsizligi bo‘lib, bunga bolalar to‘lovlari, onalik nafaqalari, urush qurbonlari va ularning tirik qolganlariga to‘lovlar, nogironlik yoki zaruriy ehtiyojlardan aziyat chekkanlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish kabilar kiradi.
Farzandli bo‘lganlar uchun ota-onalik ta’tillari
Finlandiyada ko‘zi yorigan ayollarga bola uchun muhim bo‘lgan 63 buyumni o‘z ichiga olgan bolalar qutisi hadya qilinadi. Bu buyumlar bilan ota-ona bolasining 2-3 oylik bo‘lgunicha taglikdan boshqa narsa sotib olmaydi.
Sovg‘alardan tashqari, Finlandiya va boshqa Skandinaviya mamlakatlarida 10 oylik ota-onalar ta’tili beriladi. Buning 9 haftasi otaga beriladi.
Dastlabki 3 hafta davomida ota-ona ham uyda qoladi va qolgan vaqt chaqaloq 9 oylik bo‘lgunga qadar ota-onalar o‘rtasida taqsimlanadi. Ota-ona farzandi 3 yoshga to‘lgungacha ishdan bo‘shamagan holda uyda qolishi mumkin, albatta bu holatda ularda kamroq pul to‘lanadi.
Ayol yoki uning chaqalog‘i kasal bo‘lib qolsa, qanday tashxis qo‘yilishidan qat’i nazar, davolanish uchun oilani qiynab qo‘yadigan miqdordagi pul talab qilinmaydi.
Ishchilar va ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash
Hukumat, shuningdek, ish qidirayotganlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Ular ish topgunlaricha nafaqa olib turishadi.
Ish jarayonida xodim jarohatlansa, uning tibbiy va reabilitatsiya xarajatlari qoplanadi. Agar jarohatlar doimiy nogironlikka olib kelgan bo‘lsa, ishchi maoshining 85 foizi miqdorida haq olib turish huquqiga ega. Dafn marosimi uchun ham nafaqa olishlari mumkin. Bular to‘liq ish beruvchi tomonidan moliyalashtiriladi.
Davlat odamlar hayotini osonlashtiradigan tizimlar yaratgan

Finlandiyada ham hayot mukammal emas. “Arman Pohjantahden alla” hujjatli filmi muallifi Toni Tikkanen Finlandiyada ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi kabi irqchilik, tengsizlik, zo‘ravonlik, ruhiy tushkunlik va o‘z joniga qasd qilish holatlari yuz berishini aytadi. Biroq uning fikricha, Finlandiyani baxtli mamlakat qiladigan narsa – millat sifatida yaxshi tomonga o‘zgarish uchun harakat qilish va aholini kuchli qo‘llab-quvvatlash tizimidir.


Xulosa qilib aytganda, aholi ishsiz qolsa yoki biror jiddiy muammo bilan to‘qnashsa, ko‘chada qolmasligini, unga yordam ko‘rsatadigan jamiyat borligini his qilib yashaydi. Finlandiyada odamlarning birlamchi ehtiyojlari qondirilgan, ular yashab qolish uchun kurashmaydi, chunki hukumat yaratgan tizim odamlarning yashashini qiyinlashtiruvchi emas, aksincha osonlashtiruvchidir.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling