Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

 
 


135 
XULOSA 
 
Xalq og‘zaki ijodi har doim xalqning badiiy tarixi, milliy, ma’rifiy 
va ma’naviy qadriyatlarining sarchashmasi bo‘lib kelgan. Shuning 
uchun ham mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng og‘zaki 
ijodiyotga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga chiqdi va yangi 
O‘zbekistonda yangicha bir mazmun kashf etmoqda. Biz o‘z tariximiz, 
ma’naviy, milliy m’rosimiz, ayniqsa, juda ko‘p dostonlarimiz, og‘zaki 
ijodiyotimiz bilan xaqli ravishda faxrlanamiz. Bizning bu ulkan 
asarlarimiz jahon madaniyati hazinasida o‘zining munosib o‘rniga ega. 
Demak, dostonlarimizda fe’l-atvori shakllangan, mustaqil fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan inson bilan yuzma-yuz kelamiz. Xalq og‘zaki 
ijodidagi har bir janr, xususan, dostonlar bevosita shuningdek, bilvosita 
yosh barkamol avlodni tarbiyalash maqsadini amalga oshiradi. Xalq 
dostonlari va og‘zaki ijodiyotning boshqa janrlaridagi asarlar an’anasi 
asosida tarbiyalangan shaxs odamlar bilan yaxshi munosabatda 
bo‘lishni, o‘z jonajon Vatanini sevishni o‘zidan kattalarni hurmat 
qilishni, kichiklarga mehr berishni, himmatli olijanob bo‘lishni qalbida 
singdirgan bo‘ladi. Ana shuning uchun ham biz xalq pedagogokasining 
asosiy omillaridan biri sifatida o‘rganamiz va imkon qadar yoshlarga 
yetkazishga, bu xalq og‘zaki ijodiyotiga, ayniqsa dostonlarga nisbatan 
qiziqish uyg‘otishga harakat qilamiz. 
Ushbu monografiyaga xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, o‘zbek 
xalq dostonlarini o‘rganishda har doim mifologiya janrlar hamda syujet 
nazariy asos sifatida ustuvor bo‘lgan. 
Dostonlar badiiyatiga xulosa qiladigan bo‘lsak, demak ular og‘zaki 
ijod me’rosidagi eng murakkab janr bo‘lib, ularda xalqimizning xalq 
sifatida shakllanish jarayonidan tortib, tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, 
urf-odatlari, ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy qarashlari va badiiy-tasviriy 
vositalar keng ko‘lamda aks ettirilgan. Ana shuning uchun ham o‘zbek 
dostonlari ijro an’anasiga ko‘ra xilma-xilligi, badiiyati va mavzulari va 
rang-barangligi bilan turkiy xalqlar orasida keng shuhrat topdi. Buni 
albatta, «Alpomish» va boshqa dostonlar misolida ko‘ramiz. 
Monografiyaning uchinchi bobiga xulosa qiladigan bo‘lsak shuni 
aytish mumkinki: 
-Folklorda badiiy tasvriy vositalarni o‘rgatishda faol metodlardan 
foydalanish”ni moduli o‘zbek folkloridagi keng qamrovli, xalq badiiy 
tafakkurini namoyon etadigan muhim mavzulardandir. Binobarin, ushbu 


136 
modelni o‘qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish 
mavzuning talabalar tomonidan oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 
-Ushbu modelni o‘tishdan avval talabalarga xalq og‘zaki ijodining 
muhim xususiyatlari, ayniqsa, impovizatsiya (badihago‘ylik), “Baxshi” 
so‘zining 
ma’nolari, 
O‘zbekistondagi 
dostonchilik 
maktablari, 
dostonchilikning inson manaviyati va yoshlar kamolotidagi o‘rni va 
ahamiyati to‘g‘risida malumotlar berish maqsadga muvofiqdir. 
-Multimedia : (multi – ko‘p, media – muhit) texnologiya bir 
vaqtning o‘zida malumot taqdim etishning bir necha usullaridan 
foydalanishga imkon berishini inobatga olgan holda, ishimizga mavzu 
qilib olingan modulni o‘qitishda quyidagilarni tavsiya qilgan bo‘lardik: 
O‘qituvchi, avvalo, mazkur modulga oid ma’ruza matnini tadrijiy 
tamoyil tamoyilga amal qilgan holda sodda, ixcham shaklni tayyorlashi 
lozim. Bunda ustoz folklorshunoslarimiz tomonidan tayyorlangan 
darslik, o‘quv qo‘llanma va bevosita dostonchilikka va folklore 
nazariyasga doir ilmiy maqolalardan foydalanish mumkin. 
Modulga oid slaydlar ham, mavzuning oson o‘zlashtirilishiga 
yordam beradi. Masalan, slaydlarda o‘zbek dostonchilik an’analarining 
turlari, ularning o‘ziga xos belgilari aks etishi mumkin. 
Ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Folklor arxivida saqlanayotgan 
audio, video materiallarini dars jarayonida talabalarga eshittirish va 
namoyish etish samarali natija berishi shubhasizdir. Ayni vaqtda faoliyat 
yuritayotgan ustoz baxshi yoxud shu sohani o‘rganayotgan shogird 
baxshilarni darsga taklif etish, aniqrog‘i, “Jonli ijro va jonli muhit” 
uslubini tadbiq etish ushbu modulning yuqori saviyada o‘qitilishining 
muhim omillaridandir. 
-Xalq dostonlari bo‘yicha suratga olingan badiiy filmlar
multifilmlardan ham mazkur modulni o‘qitish jarayonida foydalanish 
mumkin. 
-Talabaning o‘zbek dostonchilik an’anasi haqida tasavvuri yanada 
kengayishi 
va 
qardosh 
xalqlar 
dostonchilik 
an’analari 
bilan 
qiyoslanishiga imkon yaratib berish lozim, jumladan Ozarbayjon deb 
o‘ylaymiz. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ushbu modulga oid 
seminar va amaliyot mashg‘ulot davomida o‘qituvchi qardosh xalqlar 
folklor namunalari, xususan, dostonlari ijro etilgan audio, video 
materiallarini talabalarga namoyish etishi va ettirishi maqsadga 
muvofiqdir. 
-Talabalar orasida ham o‘z hududiga oid doston ijrochiligini 
ma’lum darajada egallagan talabalar bilan ishlash, dars jarayonida 


137 
shunday iste’dodli yoshlardan foydalanish ijobiy natijalar berishi 
tajribada ko‘rilgan. O‘qituvchi darsni tashkil etishda bu usul, aniqrog‘i, 
imkoniyatdan foydalanishi mumkin. 
-Taassufki, hozirgi kunga kelib o‘zbek xalq dostonchiligining 
Farg‘ona dostonchilik an’anasi deyarli yo‘qolgan. Biroq uning muhim 
belgilaridan biri hisoblangan SAVT USULI mumtoz nazm namunalari 
ijrosida saqlanib qolganiga farg‘ona, xususan, Qo‘qonga uyushtirilgan 
ekspeditsiyalarimiz davomida bevosita guvoh bo‘ldik. Binobarin, talaba 
ushbudostonchilik unitilayozgan qadriyatimiz haqida haqida aniqroq 
tasavvurga ega bo‘lishi uchun savt usulida ijro etilgan biror audio yoki 
video material tabdil etiladi. 
Pedagoglik faoliyatimiz va bu usulni bevosita o‘zimiz amalga 
oshirishga harakat qilib kelmoqdamiz. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling