134
1)
Xalq dostonlari, mif, ertaklar, qahramonlik qo‘shiqlari, lirika,
epos.
2)
Baxshilar, jirovlar, oqinlar,
dostonchilar, sannovchilar,
yuzboshilar.
Shundan keyin “SWOT-TAHLIL” usuli asosida topshiriq bajariladi
(Talabalarga oq qog‘ozga yozish topshirilgan vaqtda o‘qituvchi doskaga
SWOT jadvalini chizadi)
“SWOT – universal tahlil” –
qahramonlarning dostonlar syujetida
tutgan o‘rni va badiiy funksiyasini baholash, qahramonlar xarakterining
umumiy va
farqli jihatlarini tavsiflash, hayotiy muammolar yechimi
yuzasidan mustaqil qarorlar qabul qilish malakalarini takomillashtirishda
kutilgan
natijalarni
kafolatlashi
bilan
ahamiyatlidir.
Ayniqsa,
obrazlarning kuchli jihatlari (strengths), zaif tomonlari (weaknesses),
imkoniyatlari (opportunities) va ularga tahdid
soluvchi xavf-xatarlar
(threats)ni
aniqlash
va
tahlil
qilish
kompetensiyalarini
takomillashtirishda texnologiya imkoniyatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Mazkur texnologiya muayyan muammolar yoki loyihalarni
tashkillashtirish, vaziyatni tahlil qilish va baholash vositasi bo‘lib,
o‘quvchida
tizimli
fikrlash,
solishtirish,
qiyoslash
va
tahlil
ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Umuman “O‘zbek xalq dostonchilik an’anasi”ni o‘rganishda xilma-
xil zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim
sifatini
oshirish bilan birgalikda talabani mavzuni tez va oson esida qolishiga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: