Firdavsu-l-iqbol
Download 70.21 Kb. Pdf ko'rish
|
127-132
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 13-son_7-to’plam_May-2023 130 Munisni «Firdavs ul-iqbol» asarining yaratilishida hech qanday individualizm yo'q, bu asar Abulg'oziy va mumkinki «Ravzat us-safo» asari taʻsirida yozilgandir» degani mohiyatan xatodir. Birinchidan, sulolaviy tarixnavislik faqat fors tarixshunosligiga xos emas. U janr yoki uslub jihatidan barcha tarixiy tafakkurga xos metoddir. Ikkinchidan, Munis o'zidan oldingi tarixchilar asarlari yoki ijod g'oyalaridan foydalanishi bu uning ijodkorligidan darak beradi. Uchinchidan, Munis sharq tarixnavislik an’analarini yangi hudud va xalq sulolaga tatbiq etgan muarrixdir. Va nihoyat, Munis o'z asarlarini Abulg'oziy asarlaridan farqli o'laroq juda murakkab, jimjimali, musajja’ nasrda, o'qimishli shaxslar va yuqori tabaqa namoyandalari uchun yozishga harakat qilgan. Bu erda uni fors yoki arab tarixnavislik uslublariga taqlid qilgan desa bo'ladi. Lekin bu erda ham u turkiy-o'zbek tilining imkoniyatlarini yana bir marta ko'rsatishga harakat qilgani maʻlum. Eltuzarxonning buxoroliklar bilan urush qilib, fojiali halok bo'lishiga qadar (3 iyul 1806) Munis bir yildan sal ko'proq muddatda Sherg'ozi davri (1125/1712)gacha bo'lgan tarixni yozgandi. Keyin tanaffus uzoq vaqt (muddati madid) davom etadi. Keyin Muhammad Rahimxon (bir bazm chog'ida) unga ishni davom ettirishni va uning hukmronlik davrini ham yozishni buyuradi. Munis Eltuzarxondan oldingi hukmdorlardan Eshmuhammad biy va Muhammadamin inoq davrlari- dan boshlangan voqealarni 1807 yil o'rtalaridan yozishni davom ettirib, ancha vaqti va saʻy-harakatlarini sarflaydi. Muhammad Rahimxonning yettinchi yili bayoniga kelganda (uning keltirilgan oxirgi sana 21 safar 1227/5 mart 1812 dir) birdan Munis Muxammad Raximxondan «Ravzat us-safo» tarjimasi uchun buyruq olib qayta «Firdavs ul-iqbol»ni yozishga kirishmadi. Yuqorida aytilganidek, «Firdavs ul-iqbol»ni Ogahiy yozib tugatgan va undagi voqealar bayoni 1825 yilgacha etkazilgan. Ogahiy Munis qo'lyozmasi (avroqi parishon - tarqoq varaqlar; bu avroqi parishon ajzo - aʻzolari tarqoq varaqlar) ni 20 yildan keyin qayta tartibga keltirib, uni 1258/1842 yili tamom qiladi. Munis avvalboshida asarini «Iqbolnoma» deb nom bermoqchi edi. Keyin uni «Firdavs ul-iqbol» ga almashtiradi. Bu haqida asarda u: «Har taqdir bila bu muxtasar shuruig'a xomai ibtido surildi, chun bahori iqboli sohibqironiy bila Firdavsdek ziynat topib erdi, banoan alayh (shunga ko'ra) «Firdavs ul-iqbol»g'a mavsum bo'ldi», degan edi. Asar «bismilloh»dan so'ng: «Oliymakon sultonlarning dabdabai hashamati va garduntavon xoqonlarning kavkaba (ulug'vorlik, shon-shavkat)i davlati ul podshohi alalitloq (mutloq, butunlay)ning qullug'i bilan intizom toparkim, ...», deb boshlanib, keyin: «Muqaddima baʻzi maxsusoti a’loxoqoniy zikridakim osori iqboli sohibqironiy erdi», degan jumla bilan boshlangan muqaddima, beshta bob va xotimadan iborat. Munis birinchi bobda Odam atodan Nuh payg'ambar avlodigacha bo'lgan hodisalar zikri; ikkinchi bobda Yofasdan Qo'ng'irot sho'ʻbasigacha bo'lgan mo'g'ul hukmdorlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling