Firdavsu-l-iqbol
Download 70.21 Kb. Pdf ko'rish
|
127-132
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 13-son_7-to’plam_May-2023 131 zikri; uchinchi bobda Qurlos (Chingiziylar to Abulg'ozi ibn Yodgorgacha) davrida sodir bo'lgan hodisalar zikri; to'rtinchida Qo'ng'irot Eltuzarxonning ota-bobolari va beshinchi bobda Eltuzarxonning tug'ilishidan boshlab, bu asarning yozilib tamom bo'lgunga qadar davr; xotimada avliyolar, ulamo, amirlar, beklar, shoir va donishmandlar, hunarmandlar va boshqalar haqida yozmoqchi bo'lgan. Munis Eltuzarxon davri (beshinchi bob)ni ikki faslga bo'lmoqchi bo'ladi. Birida Eltuzarxon, ikkinchisida Muhammad Raximxon davrini bayon qilmoqchi bo'ladi. Xotimani Munis yozib ulgurmadi. Asarning boblari tarixnavislik nuqtai nazari va hajm jihatidan (dastxati va nusxalarida) bir xil emas. Boshidagi ikki bob kompliyativ ahamiyat kasb etgan va dastxatida 23 varaqdan iborat. Uchinchi bobdagi Chingiziylar davri uch qismga bo'lingan va uning uchinchi qismi Xorazm Arabshohiylari davrini qamrab olib, Abulg'oziy vafoti bilan tamom bo'lgan va juda ham originaldir. To'rtinchi bob oldingi uchta bobdan ham ko'p - qariyb 80 varaqni tashkil qiladi. Beshinchi bob ham matnning 3/i qismi- ni tashkil qilib, asl maʻlumotlardan iborat. yuriy Bregelning xulosasiga ko'ra, «Firdavs ul-iqbol» ning 7/8 qismi o'ta original va qimmatli maʻlumotlar bilan to'ladir. Abulg'oziy va Mirxondning asari Munis asarining birinchi va ikkinchi boblari hamda uchinchi bobining ikkita qismi uchun manba sifatida xizmat qilgan (asarda ulardan, to'rt marta “Ravzat us-safo”ga va ikki marta “Shajarayi turk”ga havola bor). Munis «Firdavs ul-iqbol»ning keyingi boblarini safaviylar davri tarixnavisligi va Nodirshoh davri istoriografiyasiga tayanib yozgan. Munis asarida Muhammadamin inoq, Avaz inoq va Eltuzarxon davrlaridagi asosiy voqealari alohida nomlanish bilan qat’iy xronologik tarzda berilgan. Muhammad Raximxon davri esa uning taxtga o’tirishidan boshlanadi va yilma-yil bayon qilinib, asarning yarmidan ko'prog'ini tashkil qilgan. Shunda Munisning Abulg'ozi vafotigacha bo'lgan tarixi boshqa manbalar asosida yozilgani (komplyativ qismi) maʻlum bo'ldi, qolgan kattaroq qismi esa, ta’kidlanganidek, original qismini tashkil qiladi. Munis dastxatidagi qayd va ishoralar, ilova, hoshiya va sharhlar uni manbalardan foydalanib, og'zaki maʻlumotlarni qiyinchilik «taraddular bila» qo'lga kiritganini ta’kidlagan. Ogahiy Munisga nisbatan baʻzi yurishlarni juz’iyot (ikir-chikir)lari bilan batafsil bayon qilgan. Lekin gap shundaki, ba’zi ahamiyatsiz lahzalar mufassal bayon qilingani bilan, baʻzi ahamiyati katta bo'lgan harbiy yurishlar faqat eslatib o'tiladi, xolos. Munis va Ogahiy tarix asarlarining bir xususiyati ularda keltirilgan voqealar sanalarining aniqligidir. Bu esa O'rta Osiyo istoriografiyasida ularning alohida ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Ularning sanalari hisobini hijriy yili va oylarida, arab va eroniy oylar nomi bilan, turkiy muchal orqali, hafta nomlari, namozlar vaqti bilan, xalq taqvimi (navro'z, navro'zi Xorazm- shohiy, navro'zi sultoniy), zodiak - burjlar ramzlari va hokazolar bilan berishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling