Firdavsu-l-iqbol
Download 70.21 Kb. Pdf ko'rish
|
127-132
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-son_7-to’plam_May-2023 127 “FIRDAVSU-L-IQBOL” ASARI TARIXIY-BADIY NASRNING SARA NAMUNASI
- ANNOTATSIYA
- "Firdavsu-l-iqbol"
- Kalit so’zlar
T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 13-son_7-to’plam_May-2023 127 “FIRDAVSU-L-IQBOL” ASARI TARIXIY-BADIY NASRNING SARA NAMUNASI Abdullayev Aliakbar Abduraxmon o’g’li, Ko’kaldosh o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti magistranti Aliakbarabdullayev9898@gmail.com ANNOTATSIYA Muhammad Rizo Ogahiy XIX asrda hukmrolik qilgan Xiva xonlari davri voqealariga bagʼishlangan besh badiiy-tarixiy asar yozdi: "Riyozu-d-davla", "Zubdatu- t-tavorix","Jomeʼu-l-voqeoti sultoniy","Gulshani davlat" hamda "Shohidu-l-iqbol" asarlari shular jumlasidandir 1 . Ogahiy ayni tarixnvislik asar yozish tajribasini dastlab amakisi va ustozi Shermuhammad Munis yoza boshlagan "Firdavsu-l-iqbol"ni davom ettirib, badiiy-tarixiy nasrning mukammal namunasi sifatida yakunlash jarayonida oʼrgangan, deyish mumkin. Taxminan bir yarim asrdirki, "Firdavsu-l-iqbol" jahon miqyosida adabiyotshunos, matnshunos va tarixshunos olimlar eʼtiborini tortib keladi. Garchi 2010 yili O’zbek matnshunoslari tarafidan asarning tabdili chop etilgan bo’lsada ammo, bu asarning bugungi kundagi ahammiyati hali to’laligicha o’rganilmagan. Kalit so’zlar: Xorazmshoxlar, Chig’atoy tili, qo’lyozma, tabdil, fond, xattot, xat turi, nasta’liq, kodikologiya. “FIRDAVSU-L-IQBOL” ASARI TARIXIY-BADIY NASRNING SARA NAMUNASI Ogahiy sheʻrlari u hayotligi vaqtidayoq mashhur bo'lgan. Muhammad Rahimxon II uni sheʻriyatdagi ustozi, deb bilgan. Shoirlardan Muhammad Yoqubxo'ja ibn Hoji Ibrohim Xolis (vaf. 1287/1870) va Pahlavonniyoz mirzaboshi ibn Domulla Abdulloh oxund Komil Xorazmiy (vaf. 1316/1898) Ogahiyning shogirdlaridir. Ogahiy devoni Sayid Muhammadxon farmoni bilan hijriy 1288 yildan (1872–1873) oldin tuzilgan edi. U 810 forsiy va 18 000 turkiy misradan tarkib topgan 2 . Devonning 10 qo'lyozmasi va 1 Абдуллаев В. Ўзбек адабиёти тарихи. – Т.: «Ўқитувчи», 1967. 2 OAT. – B. 74-124. Devonning ilmiy-tanqidiy matnini Fathulla Gʻanixo'jaev nashrga tayyorlagan. Dokt. diss.: “Ogahiyning “Taʻviz ul-oshiqin” devoni va uning ilmiy-tanqidiy matni”. – Toshkent, 1998; “Taʻviz ul-oshiqin” asarining tabdili yangi tadqiqotlar bilan boyitilib, qayta nashr qilingan: Ogahiy, Muhammad Rizo. Devon. 1-jild: to'la asarlar to'plami / Muhammad Rizo Ogahiy; qayta nashrga tayyorlovchilar: D. Gʻoyipov, S. Sariev, B. Umrzoqov. – Toshkent, 2014. – 560 b. Download 70.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling