Firdavsu-l-iqbol
Download 70.21 Kb. Pdf ko'rish
|
127-132
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 13-son_7-to’plam_May-2023 129 “Va baʻzi muonidlar rasul alayhissalomnikim, Qurʻonni xaloyiqg'a etkurmish erdi, shuaro zumrasidin hisob qilmag'aylar. Basirat ahlig'a maʻlum bo'lsunkim, bu so'z sheʻrning maqomi rifʻatig'a dalili qote va shoirning martabasi manoatig'a hujjati sotedur. Bu jihatdin aksar mashoyix va avliyo va atqiyo va xulafo sheʻr ayturg'a ishtig'ol ko'rguzubdurlar. Balki hazrat risolatpanohdin dag'i necha hadisi beqasd nazm bila voqe bo'lubdur, andoqkim: “Man akrama oliman fa-qad akramani”. Va Haq taolo kalomida ham ko'b joyda vuqu topibdur, andoqkim: “Va-l-adiyot zabhan fa-l-muriyoti qadhan”. Bas, sheʻr bir neʻmati uzmodurkim, Tangri taolo ani har kishiga ato qilmamishdir va ani aytmoq hunari har kimning qo'lidin kelmamishdur. Va sheʻr shoirning izzatu davlat neʻmatin hosil qilmoqig'a sabab, balki ikki dunyo manzilati saodatig'a vosil bo'lmaqig'a boisdur. Allahumma arzuqana min neʻmat ul-uʻzmo”. Arminiy Vamberi Xivaga kelib, Muhammadrizo Ogahiyning tarjimonligiga eʻtibor qaratgan ilk tadqiqotchilardan biridir. U Xorazmda sheʻriyatga bo'lgan katta qiziqish to'g'risida gapira turib, shunday yozadi: “Xivada ikki aka-uka bilan tanishdim. Biri Munis, u ajoyib sheʻrlar yozgan. Hali ulardan ayrimlarini nashr qildirmoqchiman. Ikkinchisi Mirob, u sabr bilan o'g'li fors tilini bilsa-da, uning uchun Mirxondning katta tarixiy asarini o'zbek turkiysiga o'girmoqda. Bu ish 20 yil davom etgan. U qilgan ishi haqida biron kimsa oldida gapirishga uyalardi. Bu erda diniy ilmlardan boshqasi bilan shug'ullanish yuzaki, muhim emasdek hisoblanadi” 6 . Ushbu matn parchasidan Ogahiy Mirxondning “Ravzat us-safo” asari tarjimasiga ko'p yillar sarflagani va boshqa tarjimonlarga ham bosh-qosh bo'lgani maʻlum bo'layotir 7 . Ogahiy fors tilidan o'n sakkizta va usmoniy turkchasidan bitta asar tarjima qilgan. yu. Bregel tarjima qilingan asarlarni yillar bo'yicha joylashtirishga uringandi. N. Toshev bu xronologiyani shoir o'z devonida ketma-ketlikda berganligini aniqlagan. Adibning tarjimonlik faoliyatining barcha qirralarini qamrab olish oson ish emas. Taʼkidlash kerakki, asarning Ogahiy yozgan qismiga kiritilgan sheʼrlar, Shermuhammad Munisning ikki taʼrixini istisno qilganda, faqat muallif ijodiga mansub. Munis tomonidan bitilgan qismida esa, asosan oʼz sheʼrlari keltirilgan boʼlsa- da, ayrim oʼrinlarda muayyan fikrni tasdiqlash uchun Mullo Sayyidoyi Buxoriy, Nizomiy, Saʼdiy, Firdavsiy, Mirzo Nozim Hiraviy, Vafoiy singari shoirlar sheʼrlaridan ham istifoda etilgan. «Firdavs ul-iqbol» asari o'z strukturasi bo'yicha sulolaviy tarixnavislik (yoki mahalliy va sulolaviy tarix kombinasiyasi)ning yorqin namunasidir. Fors tarixnavisligidan yaxshi xabardor bo'lgan Munis forsiy istoriografiyasining asosiy bo'g'inini tashkil qilgan bu istoriosofik usuldan yaxshi foydalandi. Yuriy Bregel 6 Vamberi A. Puteshestvie po Sredney Azii. – Moskva, 2003. – S. 255. Kitobning 2003 yilgi tarjimasi nemis tilidagi aslidan o'girilgan. 7 Nazirova H. Vamberi Ogahiy bilan uchrashganmi? // Xorazm Maʻmun akademiyasi. – Xiva, 2012. № 3. – B. 20-21, 17-havola. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling