Firdavsu-l-iqbol


Download 70.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi70.21 Kb.
#1546230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
127-132

T A D Q I Q O T L A R
 
jahon ilmiy – metodik jurnali
 
 

http://tadqiqotlar.uz/ 

13-son_7-to’plam_May-2023
 
131 
zikri; uchinchi bobda Qurlos (Chingiziylar to Abulg'ozi ibn Yodgorgacha) davrida 
sodir bo'lgan hodisalar zikri; to'rtinchida Qo'ng'irot Eltuzarxonning ota-bobolari va 
beshinchi bobda Eltuzarxonning tug'ilishidan boshlab, bu asarning yozilib tamom 
bo'lgunga qadar davr; xotimada avliyolar, ulamo, amirlar, beklar, shoir va 
donishmandlar, hunarmandlar va boshqalar haqida yozmoqchi bo'lgan. 
Munis Eltuzarxon davri (beshinchi bob)ni ikki faslga bo'lmoqchi bo'ladi. Birida 
Eltuzarxon, ikkinchisida Muhammad Raximxon davrini bayon qilmoqchi bo'ladi.
Xotimani Munis yozib ulgurmadi. 
Asarning boblari tarixnavislik nuqtai nazari va hajm jihatidan (dastxati va 
nusxalarida) bir xil emas. Boshidagi ikki bob kompliyativ ahamiyat kasb etgan va 
dastxatida 23 varaqdan iborat. Uchinchi bobdagi Chingiziylar davri uch qismga 
bo'lingan va uning uchinchi qismi Xorazm Arabshohiylari davrini qamrab olib
Abulg'oziy vafoti bilan tamom bo'lgan va juda ham originaldir. To'rtinchi bob oldingi 
uchta bobdan ham ko'p - qariyb 80 varaqni tashkil qiladi. Beshinchi bob ham matnning 
3/i qismi- ni tashkil qilib, asl maʻlumotlardan iborat. yuriy Bregelning xulosasiga ko'ra, 
«Firdavs ul-iqbol» ning 7/8 qismi o'ta original va qimmatli maʻlumotlar bilan to'ladir. 
Abulg'oziy va Mirxondning asari Munis asarining birinchi va ikkinchi boblari 
hamda uchinchi bobining ikkita qismi uchun manba sifatida xizmat qilgan (asarda 
ulardan, to'rt marta “Ravzat us-safo”ga va ikki marta “Shajarayi turk”ga havola bor). 
Munis «Firdavs ul-iqbol»ning keyingi boblarini safaviylar davri tarixnavisligi va 
Nodirshoh davri istoriografiyasiga tayanib yozgan. 
Munis asarida Muhammadamin inoq, Avaz inoq va Eltuzarxon davrlaridagi 
asosiy voqealari alohida nomlanish bilan qat’iy xronologik tarzda berilgan. 
Muhammad Raximxon davri esa uning taxtga o’tirishidan boshlanadi va yilma-yil 
bayon qilinib, asarning yarmidan ko'prog'ini tashkil qilgan. Shunda Munisning 
Abulg'ozi vafotigacha bo'lgan tarixi boshqa manbalar asosida yozilgani (komplyativ 
qismi) maʻlum bo'ldi, qolgan kattaroq qismi esa, ta’kidlanganidek, original qismini 
tashkil qiladi. Munis dastxatidagi qayd va ishoralar, ilova, hoshiya va sharhlar uni 
manbalardan foydalanib, og'zaki maʻlumotlarni qiyinchilik «taraddular bila» qo'lga 
kiritganini ta’kidlagan. 
Ogahiy Munisga nisbatan baʻzi yurishlarni juz’iyot (ikir-chikir)lari bilan batafsil 
bayon qilgan. Lekin gap shundaki, ba’zi ahamiyatsiz lahzalar mufassal bayon qilingani 
bilan, baʻzi ahamiyati katta bo'lgan harbiy yurishlar faqat eslatib o'tiladi, xolos. 
Munis va Ogahiy tarix asarlarining bir xususiyati ularda keltirilgan voqealar 
sanalarining aniqligidir. Bu esa O'rta Osiyo istoriografiyasida ularning alohida 
ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Ularning sanalari hisobini hijriy yili va 
oylarida, arab va eroniy oylar nomi bilan, turkiy muchal orqali, hafta nomlari, namozlar 
vaqti bilan, xalq taqvimi (navro'z, navro'zi Xorazm- shohiy, navro'zi sultoniy), zodiak 
- burjlar ramzlari va hokazolar bilan berishadi. 



Download 70.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling