Firm so‘z bo‘lib


Download 93.5 Kb.
bet5/10
Sana27.12.2022
Hajmi93.5 Kb.
#1068861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FIRMALAR

O‘rtacha xarajat — bu tovar, xizmat va bajarilgan ish birligiga
ketgan sarflardir. Buni tannarx deb ham ataydilar.
O‘rtacha xarajatni (XO‘) aniqlash uchun yalpi xarajatlar (Xy )
chiqarilgan tovar soniga (Qt) bo‘linadi. Bunda ‘
X y XO Qt
bo‘ladi.
Masalan, kichik korxona 100 ming dona piyola chiqarish uchun
12 mln so‘m sarfladi. Bunda bir dona piyola chiqarish yoki o‘rtacha
xarajat
12mln
‘ 120 100ming
XO. Demak, bitta piyola firmaga 120 so‘mga
tushgan, foyda olish uchun piyola bundan oshiqroq narxda sotiladi.
Demak, P > XO‘ bo‘lganda foyda ko‘riladi. P = XO‘ bo‘lganda xarajat
qoplanadi, ammo zarar ko‘rilmaydi. Bordi-yu P < XO‘ bo‘lsa, zarar
ko‘riladi. Buni tushunish uchun quyidagi chizmaga nazar tashlaymiz:
3 8
Chizmada yoysimon chiziqlar o‘rtacha xarajatlarni bildiradi. Ularning
narx chizig‘i P ga yaqinlashish nuqtasi A ga nisbatan har xil. BC da A
nuqta narxdan (P dan) yuqori, demak, zarar bor. B1C1 chizig‘ida A
nuqta P chizig‘iga tegib o‘tadi, demak, xarajat narxga teng, zarar yo‘q,
foyda ham yo‘q. Nihoyat, B2C2 chizig‘ining A nuqtasi P dan pastda
joylashgan, demak, foyda ko‘riladi, chunki xarajat narxdan past.
4.3. Daromad
Firma xarajatlarini qoplashi va foyda ko‘rishi uchun o‘zi chiqargan
tovarlar, bajargan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga bozor narxlariga
qarab pul olishi kerak.
Òovar va xizmatlarni sotishdan firma ixtiyoriga keladigan pul
tushumi uning daromadi bo‘ladi.
Firmaning umumiy daromadi (D) uning qo‘liga tushgan jami pul.
Uning miqdori sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) va har bir tovarning narxiga
(P) bog‘liq. Agar firma tovarni ko‘p chiqarsa va yaxshi pullay olsa, uning
daromadi ko‘p bo‘ladi, chunki D= Q x P. Masalan, firma hozir 100 ming
dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so‘mdan sotsa, uning daromadi
D =100 ming ½ 5 ming = 500 mln so‘m bo‘ladi. Bordi-yu u keyinchalik
120 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 6 mingdan sotsa, uning
daromadi D =120 ming x 6 ming = 720 mln so‘m bo‘ladi.
Yaxshi daromad topish uchun firma bozorbop tovarni chiqarishi
kerak, chunki shundagina uni yaxshi pullay oladi. Firma daromadining
miqdori uning ish ko‘lamiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar yirik firma
ko‘p tovar chiqarsa, kichik firma oz chiqaradi, natijada ular har xil
tushumga ega bo‘ladilar.
XO‘
3 9
Firma uchun faqat umumiy (yalpi) daromad emas, balki o‘rtacha
daromad ham muhim, chunki bu qanchaga tushgan bitta tovardan
qancha pul kelganini bildiradi. O‘rtacha daromad (DO‘ ) — bu tovar
birligini sotishdan kelgan pul. Uni aniqlash uchun jami pul tushumi
(D) sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) bo‘linadi. Bunda O
D
D
Q
hosil
bo‘ladi. Agar firma 180 mln so‘mlik tushumni 20 ming dona tovar
sotishdan olgan bo‘lsa, bunda o‘rtacha daromad 180 mln
DO ‘ 20 ming 9
ming.
Firma qoqilmay-netmay ishlab ketishi uchun uning daromadi
xarajatlarni qoplashdan ortib qolishi va foyda olish imkonini berishi
kerak. Masalan, firmaning bitta tovar chiqarishi 7 mingga tushgan
holda undan kelgan o‘rtacha daromad 9 ming bo‘lgan. Demak, bunda
DO‘>XO‘ bo‘lgan, ya’ni 9>7. Bunda 2 ming foyda bo‘ladi (9 – 7 =2).
4.4. Foyda
Foyda olishga intilmagan firma bo‘lmaydi. Xarajat qilishdan ham
maqsad foyda ko‘rishdir. Xo‘sh, foyda nima?

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling