Firm so‘z bo‘lib
Download 93.5 Kb.
|
FIRMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Daromad
O‘rtacha xarajat — bu tovar, xizmat va bajarilgan ish birligiga
ketgan sarflardir. Buni tannarx deb ham ataydilar. O‘rtacha xarajatni (XO‘) aniqlash uchun yalpi xarajatlar (Xy ) chiqarilgan tovar soniga (Qt) bo‘linadi. Bunda ‘ X y XO Qt bo‘ladi. Masalan, kichik korxona 100 ming dona piyola chiqarish uchun 12 mln so‘m sarfladi. Bunda bir dona piyola chiqarish yoki o‘rtacha xarajat 12mln ‘ 120 100ming XO. Demak, bitta piyola firmaga 120 so‘mga tushgan, foyda olish uchun piyola bundan oshiqroq narxda sotiladi. Demak, P > XO‘ bo‘lganda foyda ko‘riladi. P = XO‘ bo‘lganda xarajat qoplanadi, ammo zarar ko‘rilmaydi. Bordi-yu P < XO‘ bo‘lsa, zarar ko‘riladi. Buni tushunish uchun quyidagi chizmaga nazar tashlaymiz: 3 8 Chizmada yoysimon chiziqlar o‘rtacha xarajatlarni bildiradi. Ularning narx chizig‘i P ga yaqinlashish nuqtasi A ga nisbatan har xil. BC da A nuqta narxdan (P dan) yuqori, demak, zarar bor. B1C1 chizig‘ida A nuqta P chizig‘iga tegib o‘tadi, demak, xarajat narxga teng, zarar yo‘q, foyda ham yo‘q. Nihoyat, B2C2 chizig‘ining A nuqtasi P dan pastda joylashgan, demak, foyda ko‘riladi, chunki xarajat narxdan past. 4.3. Daromad Firma xarajatlarini qoplashi va foyda ko‘rishi uchun o‘zi chiqargan tovarlar, bajargan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga bozor narxlariga qarab pul olishi kerak. Òovar va xizmatlarni sotishdan firma ixtiyoriga keladigan pul tushumi uning daromadi bo‘ladi. Firmaning umumiy daromadi (D) uning qo‘liga tushgan jami pul. Uning miqdori sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) va har bir tovarning narxiga (P) bog‘liq. Agar firma tovarni ko‘p chiqarsa va yaxshi pullay olsa, uning daromadi ko‘p bo‘ladi, chunki D= Q x P. Masalan, firma hozir 100 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so‘mdan sotsa, uning daromadi D =100 ming ½ 5 ming = 500 mln so‘m bo‘ladi. Bordi-yu u keyinchalik 120 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 6 mingdan sotsa, uning daromadi D =120 ming x 6 ming = 720 mln so‘m bo‘ladi. Yaxshi daromad topish uchun firma bozorbop tovarni chiqarishi kerak, chunki shundagina uni yaxshi pullay oladi. Firma daromadining miqdori uning ish ko‘lamiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar yirik firma ko‘p tovar chiqarsa, kichik firma oz chiqaradi, natijada ular har xil tushumga ega bo‘ladilar. XO‘ 3 9 Firma uchun faqat umumiy (yalpi) daromad emas, balki o‘rtacha daromad ham muhim, chunki bu qanchaga tushgan bitta tovardan qancha pul kelganini bildiradi. O‘rtacha daromad (DO‘ ) — bu tovar birligini sotishdan kelgan pul. Uni aniqlash uchun jami pul tushumi (D) sotilgan tovarlar miqdoriga (Q) bo‘linadi. Bunda O ‘ D D Q hosil bo‘ladi. Agar firma 180 mln so‘mlik tushumni 20 ming dona tovar sotishdan olgan bo‘lsa, bunda o‘rtacha daromad 180 mln DO ‘ 20 ming 9 ming. Firma qoqilmay-netmay ishlab ketishi uchun uning daromadi xarajatlarni qoplashdan ortib qolishi va foyda olish imkonini berishi kerak. Masalan, firmaning bitta tovar chiqarishi 7 mingga tushgan holda undan kelgan o‘rtacha daromad 9 ming bo‘lgan. Demak, bunda DO‘>XO‘ bo‘lgan, ya’ni 9>7. Bunda 2 ming foyda bo‘ladi (9 – 7 =2). 4.4. Foyda Foyda olishga intilmagan firma bo‘lmaydi. Xarajat qilishdan ham maqsad foyda ko‘rishdir. Xo‘sh, foyda nima? Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling