Firm so‘z bo‘lib
Download 93.5 Kb.
|
FIRMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Individual, ya’ni yakka firma.
3.5. Firma turlari
Firmalar mulkiy, tashkiliy-huquqiy, faoliyat ko‘lami va faoliyat doirasiga qarab turlanadilar. Mulkiy jihatdan xususiy, jamoa hamda davlat firmalari va aralash firmalar mavjud. Òashkiliy-huquqiy jihatdan firmalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Individual, ya’ni yakka firma. Bu ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona. Xususiy firma egasi yakka sohib, topilgan foydani o‘zi oladi, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko‘rmaydi, zararni ham faqat o‘zi ko‘taradi. 3 1 2. Shirkat firmasi. Bu bir necha sohiblar mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olingan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik firmasidir. Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab tadbirkorlikka qo‘yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik uchun javobgarlikni ko‘pchilik zimmasiga yuklaydi; uchinchidan, ko‘pchilikka, hatto puli ozlarga ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Shirkat firmalar hozir keng tarqalgan, ular ikki xil bo‘ladi: a) Mas’uliyati cheklanmagan firma. Bu tadbirkorlik mas’uliyati sheriklar o‘rtasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan firma. Mulk hissadorlari to‘la huquqli sheriklar va huquqi cheklangan sheriklarga bo‘linadi. Òo‘la huquqli sheriklar firmaning ham javobgarligini, ham foyda-zararini baham ko‘ruvchilardir. Ular firma foydasidan qo‘ygan puliga qarab ulush oladilar, zararni ham birgalikda qoplaydilar. Agar 5 kishi sherik bo‘lsa-yu, ulardan 2 tasi firma zararini to‘lashga qodir bo‘lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham o‘zinikiga qo‘shib ko‘taradi. Bu yerda «Kemaga tushganning joni bir» degan maqolga amal qilinadi. b) Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning pay puli (hissasi) hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited» degan so‘z qo‘shiladi, bu inglizcha «cheklangan» degan ma’noni bildiradi. Bunday firmaning majburiyati faqat dastlabki (nizom) kapitali bilan ta’minlanadi. Uning to‘lov majburiyatidagi bundan ortiqcha bo‘lgan qarzni hech qanday yo‘l bilan undirib bo‘lmaydi. Mas’uliyati cheklangan firmalarning hozirda eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik — hissadorlik jamiyatlari (AJ) yoki korporatsiyalardir. Jamiyat kapitaliga qarab maxsus qiymatli qog‘oz — aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadilar va foydadan o‘z hissasi — ya’ni aksiyasi miqdoriga qarab dividend degan daromad oladilar. Hissadorlik jamiyatlari 2 xil bo‘ladi: 1) yopiq jamiyat, uning aksiyalari ma’lum kishilar, masalan, faqat korxona ishchi va xizmatchilariga sotiladi; 2) ochiq jamiyat, uning aksiyalari hamma xohlovchilarga erkin sotiladi. Aksiya egasi korxonada ishlashi shart emas. Firmalar birlashmasi ham bo‘ladi. Bularning eng ko‘p uchraydigan turi xoldingdir. Xoldingdagi bosh korxonani ona korxona deb ataydilar. Uning atrofida bola korxonalar (qiz korxonalar) birlashadi. Xoldingning maqsadi korxonalar mustaqilligi saqlangan holda ular ishini muvofiqlashtirish bo‘ladi. Misol uchun quyidagi chizmadan neft xoldingi tarkibini ko‘rib chiqamiz: 3 2 Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling