Firm so‘z bo‘lib
Foydani maksimumlashtirish
Download 93.5 Kb.
|
FIRMALAR
4.6. Foydani maksimumlashtirish
Ko‘pchilik firmalar foydani maksimumlashtirishni pirovard maqsad deb biladilar. Lekin bunga darhol erishib bo‘lmaganidan qisqa vaqtda (masalan, bir yilda) ular oz foyda bilan ham qanoatlanadilar, lekin pirovard mo‘ljaldan qaytmaydilar. Foydani maksimumlashtirish uning miqdori katta bo‘lishini bildiradi. Foyda miqdori 3 narsaga bog‘liq bo‘ladi: 1) rentabellik yoxud foyda normasiga; 2) kapitalning aylanish tezligiga; 3) kapitalning miqdori yoki ishlab chiqarish ko‘lamiga. Agar rentabellik qanchalik yuqori bo‘lsa va qo‘yilgan pul qanchalik ko‘p bo‘lsa, foyda miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Foyda miqdori pul birligi keltirgan foyda bilan qo‘yilgan jami pul miqdoriga qarab o‘zgarib Ri = 20% Ri = 20% 4 2 turadi. Ammo shu pul birligi keltiradigan foyda kapitalning aylanish tezligiga ham bog‘liq. Kapital aylanishi qanchalik tez bo‘lsa, rentabellik o‘zgarmagan taqdirda ham olingan foyda miqdori ko‘p bo‘ladi. Masalan, bir sohada qo‘yilgan 100 million so‘mlik kapital yiliga 4 marta aylanadi, har aylanishida 5 million so‘mdan foyda keltiradi. Demak, foyda miqdori yiliga 20 million so‘m (5 x 4=20) bo‘ladi. Ikkinchi sohaga qo‘yilgan kapital ham 100 million so‘m, har aylanishida u ham 5 million so‘mlik foyda keltiradi. Ammo u yiliga 6 marta aylanib, jami 30 million so‘m (5 x 6=30) foyda beradi. Demak, ikkinchi sohada foyda miqdori ko‘proq (30>20). Foyda miqdorini ko‘paytirish uchun rentabellikning yuqori bo‘lishi kifoya qilmaydi. Masalan, miqdori 100 mln so‘m kapital Ri =20 foiz bo‘lganda 20 mln so‘m foyda ko‘riladi. Bordi-yu kapital 200 mln so‘m bo‘lsa, Ri =15 foiz bo‘lgani holda 30 mln so‘mlik foyda ko‘riladi. Bu ishlab chiqarish ko‘lamiga bog‘liq. Ammo buning ham chegarasi bor. Ma’lum chegaraga qadar tovar yaxshi sotilib, daromad ko‘payadi, xarajat esa pasayadi. Natijada foyda ortadi. Òovar chiqarish shu chegaradan ortib ketsa narx tushadi, chunki talab qisqargan bo‘ladi. Ayni paytda xarajat ham ma’lum chegaraga yetgach, u orta boshlaydi, chunki mehnat unumdorligini oshirish imkoni pasayadi. F=D–X bo‘lgani uchun daromad va xarajat farqi eng katta nuqtaga yetguncha foyda maksimumlashadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rsak bo‘ladi: Mahsulot hajmi X a r a j a t Xarajat Narx A Chizmada firma A nuqtadan boshlab foyda ola boshlaydi, shu yerda narx xarajatdan yuqoriga chiqa boshlagan. B nuqtaga kelib narxning xarajatdan yuqori bo‘lishi eng katta va bu B va C nuqta oralig‘idir. Shu yerga qadar 400 birlik mahsulot chiqarilgan va foyda eng katta bo‘lgan. Bundan keyin mahsulot chiqarish foydaning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun firma foydani oshirish chorasini ko‘rishi darkor. U yangi tovar chiqarishi yoki xarajatni kamaytirishi kerak bo‘ladi. Foydani maksimumlashtirishga foyda normasini oshirish orqali ham erishiladi. Buning uchun kam sarf qilgan holda yaxshi foyda keltiruvchi 4 3 tovarlar yaratiladi va rentabelligi eng yuqori mahsulotlar tanlab olinadi. Bunda muayyan mahsulotni sotishdan kelgan foyda uni ishlab chiqarish xarajati bilan solishtiriladi. Masalan, tikuvchilik firmasi foydani maksimumlashtirish uchun yengi uzun, yengi kalta chit ko‘ylakdan va trikotajdan tikilgan yengi kalta ko‘ylakdan qaysi birini ko‘proq chiqarish uchun ulardan har birining rentabelligini aniqlashi kerak. Agar birinchisi 12 foiz, ikkinchisi 14 foiz, uchinchisi 20 foiz rentabellik bersa, albatta firma uchinchi ko‘ylakni tikishni ma’qul ko‘radi yoki ikkinchi ko‘ylakni ham qo‘shib tikadi. Foydani maksimumlashtirish bu oliy maqsad, lekin bunga hamma ham muyassar bo‘lavermaydi. Bunga ishning ko‘zini bilgan, uddaburon, bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida payqab, yangi va xarajati past tovar chiqargan firmalar erisha oladilar. Firma bir yerda to‘xtab qolmaydi. U iloji boricha o‘z biznesi kelajagini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Bu esa investitsiya (ingl. invectment– joylashtirish)siz bo‘lmaydi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling