Firm so‘z bo‘lib


Download 93.5 Kb.
bet4/10
Sana27.12.2022
Hajmi93.5 Kb.
#1068861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FIRMALAR

2. Aylanma (oborot) kapital — bu qisqa vaqtda ishlatiladigan
moddiy va mehnat resurslariga sarflangan va shu vaqt davomida
egasiga qaytib keladigan kapital. Masalan, firma 100 mln so‘mlik
stanokni ishlatish uchun xomashyo, elektroenergiya, har xil materiallar
va butlovchi qismlarni 50 mln so‘mga sotib oladi, yana 50 mln so‘mga
ishchilarni bir yilga yollaydi. Bular tovar chiqarib sotilgach, masalan,
bir oydan so‘ng egasiga qanchasi ketganiga qarab qaytib kela boshlaydi.
Birinchi 50 mln so‘m oyiga 10 mln so‘mdan 5 oyda qaytib keladi,
ikkinchi 50 mln so‘m 25 mln so‘mdan 2 oy deganda qaytadi.
Kapital firmaning foyda olish uchun qo‘yilgan pulidir.
3 6
Misollardan xulosa chiqarsak, asosiy kapital g‘oyat sekin aylanadi.
Aylanma kapital ancha tez aylanadi.
4.2. Firma xarajatlari
Firmaga qo‘yilgan pul shaklidagi kapitalni bir yo‘la qilingan xarajatlar
yoki kapital sarflari desak bo‘ladi. Kapital aylanishi mobaynida qo‘yilgan
kapital zamirida firmaning joriy — qisqa muddatli xarajatlari shakllanadi.
Iqtisodda shunday qoida bor: xarajatsiz daromad bo‘lmaydi. Shu
qoidaga binoan firma foyda olish uchun xarajat qilishi shart, bu
amalda doimiy va aylanma kapitalning joriy sarfidir.
Resurslar sotib olish, tovar va xizmatlar yaratib, ularni sotish bilan
bog‘liq bo‘lgan qisqa muddatli sarflar firmaning xarajati deb ataladi.
Xarajatlar resurslarning bozor narxiga va ularni naqadar tejamli
ishlatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Muayyan vaqtda, masalan, bir yilda
qilingan jami sarflar yalpi yoki umumiy xarajatlar bo‘ladi. Ular doimiy
va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda
o‘zgarib turuvchi xarajatlarga o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlar
doimiy xarajatlar deyiladi.
Bular jumlasiga ijara haqi, foiz to‘lovlari, reklama haqi, garov
puli, amortizatsiya ajratmasi, sug‘urtalash puli va oldindan to‘lanishi
zarur bo‘lgan maoshlar kiradi. Bularning miqdori firmaning qancha
mahsulot ishlab chiqarishiga bog‘liq emas va hatto firma ishlamagan
taqdirda ham ular to‘lanishi kerak.
Masalan, firma bankdan yiliga 10 foizdan to‘lash sharti bilan 100
million so‘m olgan, demak, u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki
yo‘qmi, baribir, bankka yiliga 10 million so‘m to‘lashi shart. Yoki binoni
yiliga 500 ming so‘mga ijaraga olgan bo‘lsa, uni ham to‘lashi zarur.
Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga
qarab o‘zgarib turadi, bular jumlasiga ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i,
yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, transport xarajatlari kiradi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ortsa ko‘payadi, qisqarsa kamayadi.
Masalan, to‘qimachilik fabrikasi 100 million so‘mlik gazlama to‘qib
chiqarish uchun 70 million so‘m sarf qildi. Shundan 30 million so‘m
paxta tolasiga, 10 million so‘m bo‘yoqqa, 10 million so‘m
elektroenergiyaga, 10 million so‘m ish haqiga sarf qilindi. Qolgan 10
3 7
million so‘m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara haqidan iborat.
Aytaylik, fabrika gazlama to‘qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot
hajmini 120 million so‘mga yetkazdi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda
paxta uchun 6 mln so‘m, bo‘yoq uchun 2 mln so‘m, elektroenergiya
uchun 2 million so‘m, ish haqi uchun 2 million so‘m sarflaydi. Ammo
bu ish uchun ijara haqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi,
ular 10 mln so‘mligicha qoladi. Xarajatlar farqini anglash uchun quyidagi
doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning chizmalarini solishtiramiz:
0 100 200 300 400
400
300
200
100
Ishlab chiqarish hajmi
X
a
r
a
j
a
t
0 100 200 300 400
Ishlab chiqarish hajmi
400
300
200
100
X
a
r
a
j
a
t
Birinchi chizmada ishlab chiqarish hajmi 0 dan 400 ga qadar
o‘zgarganda doimiy xarajatlar o‘zgarmay 100 birligicha qolgan. Ikkinchi
chizmada ishlab chiqarish hajmi 0 dan 400 ga qadar ortib borishiga
monand ravishda xarajatlar ham 0 dan 400 birlikkacha ortib borgan.
Firmani qiziqtiradigan narsa u yaratgan tovar yoki xizmat uning
uchun qancha turishidir. Buni esa o‘rtacha xarajat bildiradi.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling