Firm so‘z bo‘lib


oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi


Download 93.5 Kb.
bet7/10
Sana27.12.2022
Hajmi93.5 Kb.
#1068861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FIRMALAR

oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi.
4.1-rasm. Daromad tarkibida xarajat va foyda hissasining o‘zgarishi.
Xarajat Foyda
Foydani maksimumlashtirish yuksak mehnat unumdorligini talab
etadi, bu esa iqtisodiy ravnaq omili hisoblanadi.
4.5. Rentabellik
Rentabellik yoki foydalilik firma zarar ko‘rmay foyda olib ishlashini
bildiradi. Foyda firma ishining moliyaviy natijasidir. Rentabellik firma
nima sarflab nimaga erishganini bildiradi.
Uni aniqlash uchun olingan foyda qilingan xarajatlar bilan
taqqoslanadi. U, odatda, bir yilga hisoblanadi.
4 1
Ishlab chiqarishdagi foydalilik (rentabellik) darajasi (Ri) foyda
normasi bo‘lib, ikki usulda aniqlanishi mumkin.
Birinchi usulda foyda miqdori (F) ishlab chiqarishga qo‘yilgan
kapitalga (K—asosiy va aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori)
bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi. Bunda 100
F
Ri
K
. Masalan, firma
100 million so‘m kapital qo‘yib, 10 million so‘m foyda ko‘rsa,
rentabellik quyidagicha bo‘ladi:
100 10 100 10% 100
F
Ri
K



Bu olingan foyda firma sarflagan kapitalning necha foiziga teng
degan ma’noni bildiradi. Kapital firmaning bir yo‘la sarfi bo‘lsa,
uning joriy sarfi bo‘lgan xarajatlar ham bor. Rentabellik darajasini
hisoblashning ikkinchi usulida foyda miqdori joriy xarajatlar miqdori
(X ) bilan taqqoslanadi: 100
F
Ri
X
. Agar firmaning ishlab chiqarish
uchun qilgan joriy sarfi 15 million so‘m bo‘la turib 3 million so‘m
foyda ko‘rsa, rentabellik quyidagicha bo‘ladi:
100 3 100 20% 15
F
Ri
X



Rentabellik qayerda pul ko‘p foyda keltirsa, uning shu yerga
qo‘yilishini bildiradi. Ammo pul egasi oz bo‘lsa-da kafolatlangan
daromad topmoqchi bo‘lsa, pulining rentabelligi past, ammo bexavotir
foyda beruvchi sohaga yoki tezda ko‘p daromad topmoqchi bo‘lsa,
rentabelligi yuqori bo‘lgan, lekin riski ham katta sohaga qo‘yishi mumkin.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling