Firm so‘z bo‘lib
oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi
Download 93.5 Kb.
|
FIRMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5. Rentabellik Rentabellik
oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi.
4.1-rasm. Daromad tarkibida xarajat va foyda hissasining o‘zgarishi. Xarajat Foyda Foydani maksimumlashtirish yuksak mehnat unumdorligini talab etadi, bu esa iqtisodiy ravnaq omili hisoblanadi. 4.5. Rentabellik Rentabellik yoki foydalilik firma zarar ko‘rmay foyda olib ishlashini bildiradi. Foyda firma ishining moliyaviy natijasidir. Rentabellik firma nima sarflab nimaga erishganini bildiradi. Uni aniqlash uchun olingan foyda qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi. U, odatda, bir yilga hisoblanadi. 4 1 Ishlab chiqarishdagi foydalilik (rentabellik) darajasi (Ri) foyda normasi bo‘lib, ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda foyda miqdori (F) ishlab chiqarishga qo‘yilgan kapitalga (K—asosiy va aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori) bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi. Bunda 100 F Ri K . Masalan, firma 100 million so‘m kapital qo‘yib, 10 million so‘m foyda ko‘rsa, rentabellik quyidagicha bo‘ladi: 100 10 100 10% 100 F Ri K Bu olingan foyda firma sarflagan kapitalning necha foiziga teng degan ma’noni bildiradi. Kapital firmaning bir yo‘la sarfi bo‘lsa, uning joriy sarfi bo‘lgan xarajatlar ham bor. Rentabellik darajasini hisoblashning ikkinchi usulida foyda miqdori joriy xarajatlar miqdori (X ) bilan taqqoslanadi: 100 F Ri X . Agar firmaning ishlab chiqarish uchun qilgan joriy sarfi 15 million so‘m bo‘la turib 3 million so‘m foyda ko‘rsa, rentabellik quyidagicha bo‘ladi: 100 3 100 20% 15 F Ri X Rentabellik qayerda pul ko‘p foyda keltirsa, uning shu yerga qo‘yilishini bildiradi. Ammo pul egasi oz bo‘lsa-da kafolatlangan daromad topmoqchi bo‘lsa, pulining rentabelligi past, ammo bexavotir foyda beruvchi sohaga yoki tezda ko‘p daromad topmoqchi bo‘lsa, rentabelligi yuqori bo‘lgan, lekin riski ham katta sohaga qo‘yishi mumkin. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling