Asosiy ishlab chiqarish fondlarining barchasi ham qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida birdek ishtirok etmaydi. Traktorlar, kombaynlar, yuk avtomobillari, qishloq xo`jaligi mashina va uskunalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar bevosita asosiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsa, boshqa bir turdagi ishlab chiqarish fondlari fermer xo`jaligining sanoat xarakteridagi ishlab chiqarishi (mahsulotni qayta ishlash zavodlari, moyjuvoz, tegirmonlar va boshqa), qurilish, savdo yoki xizmat ko`rsatish kabi sohalarida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqarish fondlarini qishloq xo`jaligiga taalluqli va qishloq xo`jaligiga taaluqli bo`lmagan fondlarga bo`lish mumkin. Qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog`liqligi tufayli qishloq xo`jaligiga taaluqli ishlab chiqarish fondlari asosiy o`rinni egallaydi Uning tarkibiga imoratlar, inshootlar, o`tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, uskunalar (priborlar), mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko`p yillik daraxtlar, ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari, shuningdek yer unumdorligini tubdan yaxshilashga (yerlarni quritish, sug`orish tizimlarini yaratish, sho`rini yuvish va boshqa meliorativ tadbirlarga) yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar kiradi. Imoratlar o`simlikchilik tarmog`ida g`alla, sabzovot, poliz, meva va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, texnika va mashinalarni saqlash uchun garajalardan iborat bo`ladi. Chorvachilikda unga molxonalar, zootexnik va veterinariya laboratoriyalari, yem-xashakni saqlash omborlari va boshqalar kiradi. Inshootlar – texnikaviy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O`simlikchilikda unga suv minorasi, silos va senaj saqlash inshootlari, issiqxonalar, mahsulotlarni qisqa muddatda saqlash va tozalash maydonlari, sug`orish va quritish tarmoqlari kiradi. Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib bеrishga bo’lgan layoqatini aniqlab bеruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy rеsurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma’lum narxga ega bo’ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar (rеsurs narxlari) darajasiga, rеsurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog’liq. Bu bobda sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to’xtalib, foydaning tashkil topishi jarayoni tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |