Firmalarning faoliyati Raqobatlashgan bozorda


Download 6.67 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi6.67 Kb.
#1578176
1   2   3
Bog'liq
Firmalarning faoliyati Raqobatlashgan bozorda-fayllar.org

O‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo’lishi mumkin - mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo’ldi. O‘rinbosar tovarlarning narxi tovar bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi. O‘rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo‘lsa, tovar bozorida narxni ko‘tarish imkoniyatlari shunchalik cheklangan bo‘ladi (Porter).

Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Mijozlar o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to‘lov sharoitlarini talab qilib, firma u yoki bu harakatining potenstial rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog‘liq:


  • markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni haridining hajmi ta’minotchi savdosining anchagina qismini tashkil: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;

  • mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‘z xarajatlarining muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‘proq savdolashishga undaydi;

  • sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo’lish kerak, ko’pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur bo‘ladi

  • tajriba samarasi va harakatlar bo‘yicha afzalliklar;

  • tovarlar kuchsiz differenstiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni topishga ishonadilar;

  • ta’minotchilar almashinuvi bilan bog‘liq o‘tish xarajatlari mijoz uchun muhim emas;

  • mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega.

Download 6.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling