Firmani kontseptual strategik


Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi


Download 45.08 Kb.
bet3/7
Sana15.01.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1094147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK

Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi


Strategik boshqaruvda marketing ikkita asosiy vazifani bajaradi:
Strategiyani aniqlash va ishlab chiqarish uchun informatsiyalarni yig’ish va qayta ishlash vositalari.
Strategiyani bajarish vositalari strategik menejmentni tashkilotchilik madaniyatini o’zgartirmay to’rib umuman tadbiq etib bo’lmaydi.
Tashkilotchilik madaniyati biznesda «ko’rinmas faktor» menejment uchun
«oziqlanuvchi muhit». Ko’rinmas faktorning kuchli ahamiyatini yaponiya menejmenti erishgan yutuqlarida ko’rishimiz mumkin. Aynan yaponiya tashkilotlarining tashkilot-chilik madaniyatiga katta e’tibori natijasida ikkinchi jahon urushidan so’ng jahon iqtisodiyotida Yaponiya oldingi o’rinlarga chiqib oldi. Tashkilotchilik madaniyati boshqaruvning kontseptual yonda-shuvi Yaponiya, Amerika va Farbiy Yevropa menejmentining a’lo darajadagi natijalari
taxliliga asoslanadi.
Strategik boshqaruvda uchta aniq daraja ajratiladi:
boshqaruvning strategik darajasi (yuqori rahbariyat va bir guruh mutaxassislar. Ular tashkilot rivojlanishida mas’uliyatli strategik masalalarini hal qiladilar);
boshqaruvning taktik darajasi (taktik masalani hal etadilar); boshqaruvning operativ darajasi.
Boshqaruvning strategik darajasining tashkilotchilik madaniyati uchun ijobiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • strategik yo’naltirilganlik - Kelajakda korxonani raqobatbardoshliligining saqlashda, boshqaruv faoliyatini ustunligini ta’minlash;

  • innovatsiyalashgan yo’naltirilganlik - Faoliyatning barcha sohalarida kelajakda nau- xauni joriy qilishni aniqlash;

  • iste’molchilikka yo’naltirilganlik - bugungi va kelajakdagi iste’molchilar bilan ishlash, ularning xoxish va talablarini bashoratlash, ularning kelajakdagi iste’molini shakllantirish bilan bog’liq;

  • markazlashtirilmaslik (markaziy organlarning ba’zi vazifalarini mahalliy idoralarga berilishi) yo’naltirilganlik - quyi boshqaruv organlariga rejali vazifalarni bajarishda, qaror qabul qilishda aniq erkinlik berish;

  • tadbirkorlikka yo’naltirilganlik - iste’molchilar bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan boshliq va barcha xizmatchilarni ishbilarmonligini taqdirlash, avtonom guruhlarni (foyda markazlari) tashkillashtirish orqali jamoaviy ish yuritish sharoitlarini yaratish;

  • gumanitar yo’naltirilganlik - tashkilotda inson omilini ustun qo’yish;

  • ochiq axborot almashuviga yo’naltirilganlik - barcha martabadagi boshqaruv vakillari bilan xizmatchilar o’rtasidagi samarali axborot almashuvini shakllantirish;

  • demokratiyaga yo’naltirilganlik - o’zaro munosabatlarda demokratik uslubdan foydalanish va qaror qabul qilishga quyi xizmatchilarni ham jalb etish;

  • liderlikka yo’naltirilganlik - hozirgi paytda faqatgina liderlar mas’uliyatni o’z bo’yniga olib tavakkalchilikka borishi va jamoani o’z orqasidan ergashtirishi mumkin;

  • jamoaga yo’naltirilganlik - jamoa bo’lib ishlash ma’lum bir umumiy maqsad va a’zolarning malakasi yuqori bo’lgan sharoitda sinergetik samara beradi, ya’ni juda murakkab muammolar ham osonlik bilan o’z echimini topadi.

Ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendentsiyalari ilmiy texnikaviy yuksalish bilan, raqobatning kuchayishi, ishchilarning professionallik talablarini oshishi, ularning madaniy va intellektual darajasi yuqoriligi bilan bog’liq ravishda rahbarlardan boshqaruv operatsiyalarini qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda. Ular tarkibiga operativ boshqaruv darajasini demokratiyalashgan tashkilotchilik boshqaruv madaniyati tomoniga oshirish, ishchilarning tashabbuskorligining o’sishini ta’minlash kiradi.
Zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini anglash - barcha darajadagi
menejerlar uchun asosiy vazifa hisoblanadi.



Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling