Firmani kontseptual strategik


«Chiqish» sifatini boshqarish


Download 45.08 Kb.
bet6/7
Sana15.01.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1094147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK

«Chiqish» sifatini boshqarish, buyumlarni iste’molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushiniladi.
Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:

  • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;

  • yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;

  • normativ (me’yoriy) xujjatlarni ishlab chiqishda;

  • mahsulot sifatini nazorat qilishda;

  • mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;

  • sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va xokazo xollarda vujudga keladi.

Sifatli tovar deganda, uning mustahkamligi, chidamliligi, iste’mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtiril-ganlik va takomillashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnolo-giyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.
Xom ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:

  • materiallar sarfi normalarining kamayishida;

  • unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;

  • pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;

  • mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.

Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:

  • mehnat unumdorligini oshishida;

  • mashinalar chidamliligini uzayishida;

  • zahiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida;

  • ta’mir talab mashinalar sonining kamayishida;

  • kapital sarflarga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va xokazo.

Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • ishlab chiqarish vositalari sifati;

  • xom ashyo, materiallar sifati;

  • ishlovchilarning, malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondashuvi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san’ati.


Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling