Firmani kontseptual strategik
Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni
Download 45.08 Kb.
|
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK
Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni«Strategik boshkaruv» termini chet elda 60-70 yillarda kiritilgan bo’lib, asososan ishlab chiqarishdagi joriy boshqaruv bilan yuqori darajadagi boshqaruv o’rtasidagi farqni aniqlash uchun kiritilgan. Uzoq muddatga istiqbolni aniqlash strategik boshqaruvning asosiy qismi hisoblanadi. Strategik boshqaruv aniq bir vaqt davomida tashkiliy kelajakda qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun xozirda u nima qilishi kerakligini aniqlaydi. Strategik boshqaruvda kelajakka xozirgi qarash amalga oshiriladi. Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayonida odatda birinchi bo’lib tashkilotning ichki va tashqi muhiti taxlil qilinadi. Bunda tashkilotning, maqsadini, missiyani aniqlash uchun asos ta’minlanadi. Muhitni taxlil qilish uning uch qismini o’rganish bilan bog’liq: makromuhit, mikromuhit va ichki muhit. Muhitning har tomonlama taxlil qilishda tashkilotning missiya kredo va maqsadini shakllantirishga imkon beradi. Missiya umuman tashkilotning mavjud bo’lish g’oyasini ifoda etadi, uning zarurligi va o’rab turgan muhit jamiyat uchun foydaliligini ifoda etadi. Turli mamlakatlarning tashkilot missiyasini taxlil qilish chog’ida missiyani tashkil etish uchun quyidagilar aks etilgan bo’lishi kerak: biznesning ijtimoiy- iqtisodiy tomonlarini aks ettirish, faoliyat yo’nalishi, iste’molchilar darajasi, tovar va xizmatlarning sifati. Missiya kabi muhim bo’lgan tashkilotning kredosi tagida, asosiy ideal, umumiy maqsad yotadi. Kredo tashkilot xarakat-larining yuqori darajani chiqarish uchun qo’llaniladi. U missiya belgilab bergan maqsadlarni kengaytirish, biznesdagi ijobiy tomonlarni ko’rsatish hisoblanadi. Umumiy maqsadlar tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarga kirishadigan tashkilotning uzoq muddatli yo’nalishini aniqlaydi. Misol uchun: o’zining tarmog’ida liderli pozitsiyani egallash; liderlik qilayotgan uchlik tashkilotlarga safiga qo’shilish kirish; etarli daromad va doimiy o’sishga erishish; xaridorlar, mol etkazib beruvchilar, ta’sischilar va vositachilar ishonchini qozonish. tashkilotning barcha ishlovchilarining turmush tarzini oshirish. Bu maqsadlarga erishish uchun alternativ strategik faoliyatlar ishlab chiqiladi, ulardan ish beradigan strategiyalar tanlanadi. Strategiya qanday usul bilan raqobat muhiti sharoitida tashkilot o’zining maqsadlariga erishishi uchun qanday yo’l tutishi kerak degan savolga javob beradi. Zamonaviy strategiyaning ohirgi natijalari quyidagilarga olib keladi: o’z-o’zini boshqara biladigan, ijod qila oladigan insonlarga ishonch bildiriladi. tashkilot tirik organizm sifatida qaraladi; tashkilot tashqi faktorlarga moslashuvchan bo’lishi kerak (iste’molchilarga). Zamonaviy strategiya sistemali va vaziyatli yondashuvga asoslangan bo’lishi kerak. Samarali menejmentda strategik rejalashtirish bo’yicha ekspert Djon Zimmerman fikriga ko’ra strategiyani ishlab chiqish uchun 10ta xarakatlanuvchi kuchdan foydalanmoq kerak, deydi: Yangi bozorlarni qidirish. 6 Yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqish. 12Iste’molchilar uchun qulayliklarni oshirish. Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish. Tovar imkoniyatlarini oshirish. Sotish usullarini yaxshilash. Taqsimot usullarini yaxshilash. Tabiiy resurslar olish. 13Ishlab chiqarishni oshirish. 14Kapital qo’yilmalar qaytishi va daromadni oshirish. M.Porter bozorda firmani xarakat strategiyasini ishlab chiqishda uch asosiy jihatga e’tibor beradi: ishlab chiqarish xarajatlari minimumlashtirish bo’yicha liderlik; tovar ishlab chiqarishda mutaxassislik; bozor aniq segmentini olish va firma xarakatini ana shunday jamlash. Rivojlanishning asosiy strategiyalarining etalonni bo’lib: jamlanma o’sish strategiyasi; integrirlashgan o’sish strategiyasi; biznesni qisqartishrish yo’nalishidagi strategiya; diversifikatsiyalangan o’sish strategiyasi hisoblanadi. Innovatsiyaga nisbatan qarab quyidagi strategiyalarni yaratiladi: odatiy (tovar sifatini oshirish); appartunistik (tadqiqot va ishlab chiqarishi uchun katta xarajat etilmaydigan strategik maxsulot qidirish; imitatsiyalashgan (litsenziya asosida yangi texnologiyalarni sotib olish); mudofalashgan raqobatchilardan texnika va texnologiya sohasidagi rivojlanishdan qolmaslik; kirib kelishuvchanlik (bozorda birinchilik uchun innovatsiya); bog’liqlik (boshqa firmalar bilan). Tashqi muhitda faoliyat ko’rsatayotgan strategik boshqaruvda marketing muhim rol o’ynaydi. Aynan shu marketing strategik boshqaruvning barcha jarayonlarini taxlil qilib tashqi muhitga tashkilotni silliq va moslashuvchan ravishda kirishini ta’minlaydi. Download 45.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling