Fiskal institut
Download 219.26 Kb.
|
Тўхтамуродов. Ф Oraliq nazorat ishi yuzi MOLIYAVIY HISOB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT “MOLIYAVIY HISOB” fanidan ORALIQ NAZORAT ISHI MAVZU: Hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar hisobi Bajardi: To’xtamurodov Farxod Dilshod o’g’li Guruh: 35-21 REJA: Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish Bаnkdаgi hisоb-kitоb, vаlyutа schyotini оshish vа ulаr bo‘yicha оpеrаtsiyalаr hisоbini yuritish Xalqaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar. Xalqaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar. Bаnkdаgi аkkrеditiv, chek dаftаrlаri vа bоshqа mахsus schyotlаr bo‘yicha muоmаlаlаrni аks ettirish. Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olishYuridik shaxs sifati faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin7 Тalab qilib olgungacha bo’lgan so’mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi hujjatlarni topshiradilar: yuqorida keltirilgan yo’riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot ochish uchun ariza; statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko’chirmasi; yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida hujjat: notariusda tasdiqlangan ko’chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa topshiriladi; soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to’lovchi raqami berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi subyekt emasligi to’g’risida ma’lumot; imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka; yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Davlat korxonlari, aksioner jamiyatlari, qishloq xo’jalik uyushmalari (shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar, qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib olguncha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo’shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo’riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar. Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng bank xizmatini ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug’i bilan korxonaga tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag’lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo’jalik hisobida bo’lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo’linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan belgilanadi. Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to’lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi. Odatda bank tomonidan har qanday pul o’tkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug’i yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari bo’yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o’tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug’i bo’yicha to’lanmagan soliq va yig’imlar, shuningdek ular bo’yicha jarima va boqimandalar summasini; qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo’jalik sudining bo’yrug’i bo’yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to’lanmagan kredit summasini; bank tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar summasini. Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida yetarli darajada pul mablag’lari bo’lsa, pul o’tkazib berish uning buyrug’i yoki boshqa to’lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida pul mablag’lari yetarli bo’lmasa, amaldagi yo’riqnomaga binoan birinchi navbatda budjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to’lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo’yicha mutanosib to’lanadi. Yuridik shaxsning bankdagi schyotiga bo’lgan boshqa barcha to’lanmalar yuqorida ko’rsatilgan talablar qondirilgandan so’ng to’lanadi. Hisob–kitob schyotida sodir bo’ladigan pul mablag’lar harakati (pulni qabul qilish va berish yoki naqd pulsiz kirim va chiqim) bank tomonidan chiqarilgan mahsus hujjatlar shakllariga asosan rasmiylashtiriladi. Ularning kengroq tarqalganlari quyidagilar: naqd pul topshirish e’loni, pul cheki, hisoblashish cheki, to’lov topshirig’i, to’lov talabnomasi. Pul to’lash to’g’risidagi ushbu e’lon hisob-kitob schyotiga naqd pul o’tkazishda yoziladi. Pulni qabul qilib olganligi to’g’risida bank pul to’lovchiga isbotlovchi hujjat sifatida kvitansiya beradi. Тo’lov topshirig’i hisob–kitob schyotidan pul oluvchining schyotiga tegishli summani o’tkazib berish to’g’risida bankka berilgan buyruq bo’lib hisoblanadi. Тurli mol yuboruvchi korxonalar, tashkilotlar, moliya organlari, sug’urta va boshqa tashkilotlar pul oluvchilar bo’lishi mumkin. Pul oluvchining hisob–kitob schyoti bankning qaysi filialida bo’lishiga qarab to’lov topshirig’i ikki yoki uch nusxada yoziladi. Shahar ichidagi va shaharlararo hisoblashishlarda ham korxona tomonidan to’lov topshirig’ining yagona shakli qo’llaniladi. Bir vaqtning o’zida bir necha tashkilotlarga pul o’tkazib berilsa, korxona tomonidan topshiriqning mahsus yig’ma shakli qo’llaniladi. U bitta bank bo’limi xizmat qiladigan bir necha pul oluvchilar uchun yozib beriladi. O’tkazib beriladigan summaning jamiga bir marta imzo qo’yilib muhr bosiladi. Bu hisob - kitob va boshqa schyotlar bo’yicha operatsiyalarni rismiylashtirish jarayonini anchaga qisqartiradi. Hisoblashishning aksept shaklida jo’natilgan mahsulotlar uchun mol yuboruvchilar to’lov talabnoma–topshiriq yozadi. Bank belgilangan vaqtda korxonaga uning hisob–kitob schyotidan tegishli dastlabki hujjatlarni ilova qilib ko’chirma berib turadi. Hisob–kitob schyotining ko’chirmasida mablag’larning qoldig’i va hisob–kitob schyotiga kirim kreditiga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini saqlab o’zini korxonadan qarzdor deb biladi, o’zining qarzini kamayishi esa – debetiga yoziladi. Buxgalter ko’chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib qoldiq va tushum hisob–kitob schyotining debetiga, chiqimi esa – kreditiga yoziladi. Hisob-kitob schyotidan beriladigan ko’chirma ma’lum ko’rsatkichlarga ega bo’lib, yozuvlarni qisqartirish maqsadida ularning bir qismi kodlashtirilgan. Ko’chirmani ishlab chiqayotgan buxgalter bu kodlar ma’nosini bilishi kerak. Ko’chirmalar olingan kuni ular tekshiriladi va ishlab chiqiladi. Bunda barcha yozuvlar ilovada keltirilgan hujjatlar bilan solishtiriladi va xato yozuvlar bo’lmasa bu hujjatlarga «Qayd etildi» degan shtamp qo’yib o’chiriladi. Тekshirilgan ko’chirmaning har bir summasining to’g’risiga va hujjatlarga 5110 - «Hisob-kitob schyoti» bilan bog’lanuvchi schyotlarning raqamlari qo’yib chiqiladi. Bundan tashqari, hujjatlarga ko’chirmada keltirilgan yozuvlarning tartib raqami yozib qo’yiladi. Bularning hammasi pul mablag’lari harakatini nazorat qilish, hisob ishlarini avtomatlashtirish va hujjatlarni saqlash uchun kerak. Hisob-kitob schyotidan noto’g’ri chiqarilgan yoki unga xato o’tkazilgan summalarni aniqlash maqsadida ular 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotida hisobga olinadi, aniqlash va tegishli o’zgarishlar kiritish uchun bankka xabar beriladi. Тo’g’rilangan summa bankning navbatdagi ko’chirmalarida aks ettiriladi, korxona buxgalteriya hisobida esa bu qarz 4860 - «Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotidan hisobdan chiqariladi. Ko’chirmaga ilova qilingan xarajatlar hujjatda nizomga binoan qo’shimcha xarajat elementlari va moddalarining raqamlari qo’yiladi.9 Buning zaruriyati shundaki, ko’p schyotlar bo’yicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari bo’yicha tashkil etiladi. Хarajat elementlari va moddalari bo’yicha guruhlash ma’lumotnoma varaqalarida olib boriladi. Ular har oyda ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ochilib, tegishli jurnal-orderlar hujjatlar ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi. Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq bo’lmaydi. 5110- «Hisob-kitob schyoti» bo’yicha operatsiyalar tekshirilgan bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-schyotning saldosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko’chirmada ko’rsatilgan qoldiqqa teng kelishi shart. Bu schyot bo’yicha analitik hisob bankning ko’chirmalari bo’yicha yuritiladi. Basharti korxonada boshqa hisob-kitob analitik schyoti bo’lsa, operatsiyalar shu analitik hisob bo’yicha yuritiladi. Buxgalteriya hisobi jurnal-orderlarda yuritilsa, 5110 - schyotning kredit oborotlari 2 - jurnal-orderida aks ettiriladi. 5110 - schyotning debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi va undan tashqari, 2-qaydnomaga yozib nazorat qilinadi. Bu registrlar tekshirilgan va ishlab chiqilgan bank ko’chirmalariga asosan to’ldiriladi. Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmada ko’rsatilgan bir xildagi bog’lanuvchi schyotlarning summalari 2 – jurnal-order va 2 – qaydnomaga jamlab yoziladi. 2 - jurnal-order va 2 - qaydnomani yuritish bir oyga mo’ljallanganligi uchun bankdan olingan har bir ko’chirma ma’lumotlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2 -jurnal-order va 2 - qaydnomada band qilingan qatorlar soni shu davr ichida bankdan olingan ko’chirmalar soniga teng bo’lishi kerak. Registrlarda summalar 5110-schyotning debeti va krediti bilan korrespondentlashgan schyotlar bo’yicha yoziladi. Har bir hisobot (kun, oy) davriga bunday ko’rsatkichlarning mavjudligi buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag’larining kelib tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishini, tasdiqlangan moliyaviy to’lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag’ o’tkazilishi ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi. Download 219.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling