Fiskal siyosat: byudjet defitsiti va davlat qarzi


Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat


Download 31.05 Kb.
bet5/9
Sana13.02.2023
Hajmi31.05 Kb.
#1192656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinamik

5. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat.

Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chikarish xajmi, inflyatsiya sur`atlari va to`lov balansi xolatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus karorlarni kabul kilishi natijasida davlat xarajatlari, soliklar va davlat byudjeti koldigini maksadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal’ siyosat yuritilganda iktisodiy pasayish davrida jami talabni ragbatlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliklarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O`z navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortikchaligi yuzaga keltiriladi.


Diskret fiskal’ siyosat iktisodiy tebranishlarni yumshatishda muxim rol’ o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vakt oraliklari bilan boglik. YA`ni iktisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo`rikishning paydo bo`lishi, bu xolatlarni aniklash yuzaga kelgan muammolarni xal etish uchun davlat xarajatlari va solik tushumlarini o`zgartirish borasida karor kabul kilish, bu karor bajarilishini ta`minlash jarayonlarining xar biri o`rtasida ma`lum vakt o`tadi.
Bu vakt davomida iktisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal’ siyosat – davlat xarajatlari, soliklar va davlat byudjeti koldigini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal’ siyosat o`rnatilgan barkarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan barkarorlashtirgichlari rolini progressiv solik tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal’ siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun xukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli solik stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chikarishni kengaytirishga ragbatni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafakasi to`lovlari mikdori oshadi. Bu xolat xam jami talabni oshirib, jami taklif xajmini oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Iktisodiy yuksalish davrida ortikcha talab iktisodiyotga inflyatsion ta`sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliklar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafakalar, davlat transfertlarining bir kancha turlar) xam pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari iktisodiy tebranishlarni to`lik yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.



Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling