Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
Birinchi bosqich
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
472
soliqlarning fiskal samaradorligiga erishish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, bevosita soliq tizimiga joriy etildi. Ikkinchi bosqich 1995-1997 yillarni o‘z ichiga olib, bu bosqich soliqlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Soliq tizimidagi islohotlarning ikkinchi bosqichida soliqlarni korxonalarning ishlab
chiqarishini rag‘batlantirishga qaratish maqsadida korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgani hisobiga foyda solig‘i stavkasi 0,3 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi rentabellik darajasidan kelib chiqib, ya’ni rentabellik darajasi 40% gacha bo‘lgan korxonalar uchun 3 foizli stavkada, rentabellik darajasi 40%dan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun 20 foizli stavkada undirish tartibi belgilandi. 1995 yildan boshlab soliq tizimi ixchamlashtirilib, bir qator samarasiz soliqlar va yig‘imlar, ya’ni respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xomashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz ajratma va shu kabilar bekor qilindi. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o‘zgartirildi. 1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi va 1998 yildan amaliyotga joriy qilindi. Bu hujjat orqali soliq qonunchiligini mustahkamlash bilan birga, milliy mahsulotlar eksportini, import tovarlar o‘rnini bosadigan mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarning ishlab chiqarishdagi ishtirokini, mehr-muruvvat ishlarini rag‘batlantirish vazifasi kuchaytirildi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash maqsadida 1997 yilning 29 avgustida "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Unda, davlat soliq xizmati organlarining asosiy huquqlari, vazifa va funksiyalari belgilanishi bilan birga uchastka davlat soliq inspektori lavozimi joriy etildi.
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling