Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#195311
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi

 

 

Uchinchi 

bosqich

 

 



Ikkinchi 

bosqich

 



Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi   

 



473 

 

sotish solig‘i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulot qoldig‘i uchun 2 foizli 



haq  hamda  tabiatni  ifloslantiruvchi  chiqindilarni  joylashtirish  uchun  haqlar  bekor 

qilindi. 

2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari 

to‘lab  kelingan  yagona  soliq  hamda  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Pensiya 

jamg‘armasi,  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  va  Maktab  ta’limi  jamg‘armalariga 

majburiy ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 

2007  yil  1  yanvardan  boshlab,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari 

uchun  belgilangan  yalpi  daromad  solig‘i,  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Pensiya 

jamg‘armasi,  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  va  Maktab  ta’limi  jamg‘armalariga 

majburiy  ajratmalar  o‘rniga  tanlash  huquqisiz  yalpi  tushumdan  to‘lanadigan 

yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 

Malumki, 2005 yildan boshlab O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va 

yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  sohasida  tub  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish 

davri  boshlandi.  Prezidentimiz  I.Karimov  tomonidan  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisida 2005  yilda iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirishning  eng  muhim  ustuvor  vazifalaridan  -  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash, 

soliq  siyosatini  yanada  erkinlashtirish  hamda  takomillashtirish,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlikning  jadal  rivojlanishini  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlash 

yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi.   

Xususan,  1997  yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Soliq  kodeksi  iqtisodiy 

islohotlar  sohasida  davr  talablariga  javob  bermasligi  qayd  etilib,  soliqqa  tortish 

masalasida  amaliyotda  sinalgan  prinsip  va  yondashuvlarni  ishlab  chiqish,  bu 

borada  boshqa  mamlakatlarning  ilg‘or  tajribasidan  foydalanish  o‘ta  muhim 

ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki 

birinchi  galda,  rag‘batlantirish  xususiyatiga  ega  bo‘lishi  lozimligi  uqtirildi  va 

amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, shu asosda uni 

yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini 

engillashtirish, 

soliq 

bashqaruvini 



takomillashtirish 

va 


erkinlashtirishni  nazarda  tutadigan  yangi  tahrirdagi  Soliq 

kodeksini  tasdiqlash topshirildi. 




Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling