Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
To‘rtin chi bosqich
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
474
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik hujjatlari va Prezident Qarorlari bilan o‘rnatilishi belgilandi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag‘batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib- taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish maqsadida moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish tadbirlari belgilanib, unga ko‘ra soliq organlariga taqdim etiladigan 2 ta moliyaviy hisobot shakllari bekor qilindi, 11 turdagi soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirib 5 taga tushirildi, 12 turdagi soliq hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ- 4725-sonli Farmoniga binoan, xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘lidagi mavjud to‘siq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va rag‘batlar yaratishga qaratildi. Xususan, 2015 yilning 1 iyulidan boshlab: mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to‘rt yilda bir Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling