Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
yollash huquqi berildi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji
bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o‘n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etildi. 2015 yildan boshlab davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlar 100 foiz elektron ko‘rinishda qabul qilinmoqda va "Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti" orqali soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tizimi amaliyotga joriy etildi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona soliq siyosati natijasida ilgari faqat fiskal vazifalarni bajargan davlat soliq xizmati organlari bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan ko‘p funksiyali davlat boshqaruvi organiga aylantirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo‘mitasining "my.soliq.uz" rasmiy sayti
soliq ma’murchiligini takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda. Soliq va moliyaviy hisobotlarning to‘liq elektron shaklda taqdim etilishiga o‘tilganligi tadbirkorlarni 2-3 soat vaqt sarflab navbatda turishlarining oldini olish bilan bir qatorda ularning o‘rtacha 9 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘lari iqtisod qilinmoqda va bu usul davlat byudjetiga to‘lanadigan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkonini berdi. SHuningdek, soliq to‘lovchi yuridik shaxslar internetdagi "Shaxsiy kabinet"lari orqali soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn shaklda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling