Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
%
O‘zbekistonda soliq yuki darajasining o‘zgarishi (YaIM
ga nisbatan
foizda) 1
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
468
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i aholining pul daromadlari darajasiga bevosita ta’sir qiladi, shu bilan birga, davlat daromadlardan yanada maqsadga muvofiq foydalanish uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida soliqni ishga soladi. Daromad solig‘i tufayli daromadlarning, avvalo, yuqori daromadlarning bir qismi aholining qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan toifalari foydasiga, qolaversa, jamiyat manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlanadi. SHu orqali jismoniy shaxslar daromadlaridagi nomutonosiblik darajasining sezilarli darajada qisqarishi yuz beradi. Aholi va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlarining uyg‘unlashuvi soliq vositasi orqali ta’minlanadi. Davlat bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliqqa tortishning makroiqtisodiy vositasi orqali aholining daromadlarini qayta taqsimlashda tartibga soluvchilik va rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajarar ekan, avvalo, aholining daromadlaridan kelib chiqqan holda, oqilona tartibga solib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma’lumki, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad
solig‘ini takomillashtirishda ularning stavkasini kamaytirib borish siyosati olib borilmoqda. 1998 yilda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining yuqori stavkasi 45 foiz bo‘lgani holda, quyi stavkasi 15 foiz, 2007 yilda ushbu soliqning yuqori stavkasi 25 foiz, quyi stavkasi 13 foiz, 2015 yilda soliqning yuqori stavkasi 23 foiz, quyi stavkasi esa 8,5 foiz miqdorida belgilangan. 2016 yildan boshlab, jismoniy shaxslarning daromadlari 4 pog‘onali stavka orqali soliqqa tortiladigan bo‘ldi, ya’ni 23;17;7,5 va "nol" (6-rasm). Bunda bir minimal ish haqigacha nollik stavkani qo‘llash orqali kam ish haqi oladigan aholining real daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan. 38
35 33
31 26
24 20
18 15
12 10
9 8 7,5
0 5 10 15 20 25 30 35 40 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling