Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
451
etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy daromad hajmini kiritgan. D.Keyns iqtisodiyotga davlatning aralashuvni mustaqil o‘zgaruvchan omillarga ajratib, u bandlik va milliy daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblangan. Bunda xal qiluvchi shart sifatida davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Coliqlar fiskal siyosatning bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini K.Makkonell va S.Bryu ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi siyosatlar sifatida ifodalashga alohida e’tibor qaratadi. “Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, -deb yozishadi ular, ishsizlik va inflyasiyani tugatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish. Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim” 3 . XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat
bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish. Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi. Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan; - Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur;
3 Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-210 |
ma'muriyatiga murojaat qiling