Fiskal siyosat


Download 134.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1404614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fiskal siyosat

t
t
a
a
t


1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliklar bir xil mikdorga ko`paysa
muvozanatli ishlab chikarish xajmi shu mikdorga teng yoki undan kamrok
summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul’tiplikatori deb
yuritiladi. Balanslashgan byujet mul’tiplikatori birga teng yoki undan
kichikrok bo`ladi.
Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ
samara soliklar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattarok
bo`ladi. Bu xolat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol xajmiga
ta`siri (soliklar o`zgarishi ta`siriga nisbatan) kuchlirok ekanligi okibatidir.
Ushbu fark fiskal siyosat vositalarini tanlashda muxim rol’ o`ynaydi.
Agar xukumat davlat sektorini kengaytirmokchi bo`lsa, davriy pasayishni
tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa
soliklarni oshirishi maksadga muvofik bo`ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga karatilgan bo`lsa,
davriy pasayish sharoitida soliklarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish
paytida esa davlat xarajatlarini oshirish makbul yo`l xisoblanadi.
5. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat.
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chikarish xajmi, inflyatsiya
sur`atlari va to`lov balansi xolatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus
karorlarni kabul kilishi natijasida davlat xarajatlari, soliklar va davlat
byudjeti koldigini maksadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi.
Diskret fiskal’ siyosat yuritilganda iktisodiy pasayish davrida jami talabni
ragbatlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliklarni
kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O`z
navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortikchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskret fiskal’ siyosat iktisodiy tebranishlarni yumshatishda muxim rol’
o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vakt
oraliklari bilan boglik. YA`ni iktisodiyotda pasayish yoki inflyatsion
zo`rikishning paydo bo`lishi, bu xolatlarni aniklash yuzaga kelgan
muammolarni xal etish uchun davlat xarajatlari va solik tushumlarini
o`zgartirish borasida karor kabul kilish, bu karor bajarilishini ta`minlash
jarayonlarining xar biri o`rtasida ma`lum vakt o`tadi.


Bu vakt davomida iktisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-
tadbirlar ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy
tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish
zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal’ siyosat – davlat xarajatlari, soliklar va davlat byudjeti
koldigini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal’ siyosat
o`rnatilgan barkarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda
o`rnatilgan barkarorlashtirgichlari rolini progressiv solik tizimi, davlat
transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret
fiskal’ siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun xukumatning
bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar
pasayishi tufayli solik stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga,
ishlab chikarishni kengaytirishga ragbatni yuzaga kelishiga olib keladi.
SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik
nafakasi to`lovlari mikdori oshadi. Bu xolat xam jami talabni oshirib, jami
taklif xajmini oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Iktisodiy yuksalish davrida ortikcha talab iktisodiyotga inflyatsion
ta`sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliklar
stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni
paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafakalar, davlat transfertlarining bir
kancha turlar) xam pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari
iktisodiy tebranishlarni to`lik yumshatish imkonini bermaydi va u diskret
fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.

Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling