Fitosenologiya


O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro raqobati


Download 329.85 Kb.
bet16/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

3. O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro raqobati
O’simlik turlari va tuplari muayyan fitosenozda abiotik omillardan ta’sirlanib hayot kechirar ekan, oz navbatida ayrim aloxida turlar va tuplar ham o’zaro bir-biri bilan raqobatda hayot kechiradi. O’simliklar o’rtasidagi raqobat tur ichidagi va turlararo raqobat turlariga bo’linadi. O’simlik turlari va tuplari muayyan makonda yorug’lik, harorat, namlik, o’zuqa muxiti kabilar uchun tur ichida va turlararo raqobatga kirishadilar.
Turlararo raqobat bir turli bir yillik va ko’p yillik o’simliklardan tashkil topgan ikkita fitosenozlar chegarasida yaqqol namoyon bo’ladi. Muxit sharoitlarining o’zgarishi bilan o’sha o’zgargan muxitga yaxshi moslashgan bir tur ikkinchi turni siqib chiqaradi. Bir o’simlik muayyan bir omil ta’sirida kuchli bo’lsa, ikkinchi o’simlik boshqa omil ta’sirida kuchli taraqqiy etadi. Bu holat u yoki bu turning turlararo raqobatda ustunligini ta’minlaydi.
Tur ichidagi tuplar o’rtasidagi raqobat bitta o’simlik ayrim qismlarining yosh o’tishi bilan nobud bo’lishida namoyon bo’ladi. O’rmonshunoslar va senopopulyatsiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning fikricha, yosh o’tishi bilan bir tupdagi maydon birligiga to’g’ri keluvchi novdalar soni ham kamayadi. Ayniqsa bu holat yorug’sevar o’simlik tuplarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Har qanday fitosenozlarda bir turga kiruvchi aloxida tuplar o’zlarining biomassasi va morfologiyasi bilan bir-biridan keskin yoki qisman farq qiladi. Tur ichida ham tuplar yorug’lik, harorat, namlik shaxsiy maydon, ozuqa muxiti bilan ta’minlanganlik nuqtai-nazaridan kuchli raqobatga kirishadilar va bunda o’sha omillardan maxsimal darajada foydalangan tup yakunda g’olib chiqadi. Maysa yosh holatidagi o’simlik tuplarida raqobat deyarli kuzatilmaydi. Yuvenil yosh holatidan boshlab raqobat bilina boradi. Keyingi yosh holatlariga o’tganda o’simliklardagi miqdoriy va sifat o’zgarishlari hamda morfologik farqlar yaqqol ko’zga tashlanib qoladi. Jamoadagi turli turlarga kiruvchi individlar va bir turga kiruvchi tuplarning xilma-xil tashqi qiyofaga ega bo’lishi, ular o’rtasidagi kuchli raqobatni ifodalaydi. Shu tariqa bir xil yosh holatidagi turli tuplar o’simliklar jamoasida hajm jihatidan farqlanib qoladi. Bu esa turlararo va turichidagi raqobatning amlda namoyon bo’lishi hisoblanadi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling