Fitosenologiya


Download 329.85 Kb.
bet17/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

Nazorat savollari

  1. O’simliklardagi o’zaro munosabatlarning tiplari qaysilar?

  2. Bilvosita munosabatlarni guruxlang

  3. Kontakt munosabatlar haqida ma’lumot bering

  4. Ekosistema deb nimaga aytiladi va uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?

  5. Allelopatiyaning jamoadagi o’rni qanday?

  6. Moddalarning aylanma harakatida ekosistemadagi ekologik guruxlarning ahamiyatini tushuntiring.

  7. Bevosita munosabatlarning qanday xillari mavjud?

  8. Jamoalardagi o’zaro munosabat guruxlari haqida nimalarni bilasiz?

Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika (morfologiya,
anatomiya, sistematika, geobotanika). – Toshkent: Ta’lim, 2010. – 288 b.
2. Суворов В.В., Воронова И.Н. Ботаника с основами геоботаники. - M.:
«Просвещение», 1979. – 560 с.
3. Тўхтаев А.С. Экология - Тошкент: Ўқитувчи, 1998. – 132 б.
4. Ипатов В.С., Кирикова Л.А. Фитоценология - С.-Пб.:Университет, 1997. – 360 с.
5. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1992. - 352 с.
6. P.Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development)
Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147.
7. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766.


5-ma’ruza: Fitotsenozning belgilari
Reja
1. Fitotsenozlarning o’ziga xos belgilari
2. Fitotsenozlarning xossa va xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: fitossenoz, tur tarkibi, vertikal, gorizontal struktura, qavatlilik, mozaiklik,
1. Fitotsenozlarning o’ziga xos belgilari
Tabiatda bir fitotsenozni ikkinchisidan farqlay olish bir qarashda juda oson ko’rinadi. Ko’pincha shunday bo’lishi mumkin, chunki har bir fitotsenoz muayyan vaqt davomida bir hil tarkibda bo’ladi va bir xil munosabatlarni namoyon qiladi. Ammo tabiatda mozaik fitotsenozlar ham keng tarqalgan bo’lib, ular kichik kichik dog’lar shaklida bo’ladi va bir biridan turlar tarkibi va strukturasi (tuzilishi) bilan farq qiladi. Mana shunday hollarda fitotsenozning bir xilligi deganda bir xildagi mozaika (rang baranglik)ni tushunishga to’g’ri keladi.
Fitotsenozlarni bir biridan ajratish mumkin bo’lgan eng muhim belgilarni quyidagi kategoriyalarga birlashtirish mumkin:
1. Turlar tarkibi;
2. O’simliklar (tu’lari) o’rtasidagi miqdor va sifat munosabatlari;
3. Yarusliligi;
4. Mozaikaviyligi (rang barangligi);
5. Fizionomik ko’rinishi;
6. Davriyligi;
7. Sinuziyalilik;
8. Yashash sharoitining xarakteri.
Fitotsenozdagi o’simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o’simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig’ilgan uyushma – qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o’simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o’ziga xos bo’lgan muhim belgilari mavjuddir. Ya’ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pogonalik, mo’llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilari bilan farq qiladi. Odatda fitotsenozlarning tuzilishini o’rganishda quyidagi belgilarni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:1) fitotsenozning floraviy tarkibi; 2) fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar; 3) har bir individlarning holati (ahvoli); 4) fitotsenozda turlarning vertikal va gorizontal taqsimlanishi hamda shu asosda strukturaviy qismlarga bo’linishi.
Fitotsenozni o’rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig’indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va uning tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o’simliklardan tashqari bir qancha tuban o’simliklar, jumladan bakteriyalar, suv o’tlari, zamburug’larning ko’plab turlari mavjud bo’ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o’zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun bazi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to’liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o’simliklarni muhitni belgilovchi – d e t e r m i n a n t o’simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo’lish, kelib chiqish evolyutsiyasini, taraqqiyotini, tarixini va ekologik muhitga moslashib yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O’rta Osiyo tog’larida, jumladan Hisor, Nurota tog’lariining ba’zi joylarida, baland adirlarda, yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Asosan qadim qabrlarda buni kuzatish mumkin. Bu holat shuni bildiradiki, shu yerlarda ham qadimda ko’plab archalar ko’kargan, archazorlar mavjud bo’lgan. Archazorlar siyraklashishi bilan bu yerlarning tuprog’i, iqlimi, o’simliklar qoplami kuchli o’zgarishga uchragan. Fitotsenozning turlar tarkibini to’liq hisobga olish uchun ma’lum uchastkalardagi turlarning miqdorini bilish lozim bo’ladi. Buning uchun fitotsenozdan bir necha namuna maydonchalari ajratib olinib, ularning tur soni aniqlanadi. Fitotsenozning turlar tarkibi va uning miqdor ko’rsatkichi, iqlim sharoitiga, relefiga, tuproq tarkibiga, turlarning biologik xususiyatiga, antropogen omillar ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida cho’l va adir mintaqasiga nisbatan tog’ mintaqasida fitotsenozning florasi turlarga boy bo’ladi. Fitotsenozning tashkil bo’lishida ishtirok etgan o’simlik turlarining soniga qarab, fitotsenozlar floraviy oddiy va floraviy murakkab guruhlarga bo’linadi. Oddiy fitotsenozlar bir va ikki turlardan iborat bo’ladi. Murakkab fitotsenozlar ikki va undan ko’p turlardan iborat bo’ladi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling