Fitosenologiya
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar
Mexanik munosabatlar O’simliklar qoplamida bir turning boshqa turlarga mexanik ta’sir etuvchi munosabatlari ham mavjud. Jamoadagi har bir tur o’ziga yaqin turgan boshqa turga yer osti organlari va yer usti organlari bilan ham katta mexanik ta’sir ko’rsatadi. Natijada jamoadagi turlararo va tur ichida yashayotgan joyning tuproq namligi, unumdorlik darajasiga, yorug’likka, issikdikka nisbatan kuchli raqobat bo’ladi. Jamoadagi turlar ichida e p i f i t l i k munosabatlar ko’plab uchrab bunday hol o’rmon o’simliklarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bir turga mansub o’simlik ikkinchi bir tur o’simlikka, ayniqsa yirik o’rmon daraxtlar ustida boshqa tur o’simlik o’sadi. Bunda bir tur ikkinchisiga parazitlik qilmaydi, faqat substrat sifatida foydalanadi. Yirik, ko’p yillik yong’oqzorlardagi yong’oqlarning ozgina yoriqlarga chang zarrachalarining tushishi, shamol va qushlar yordamida boshqa turdagi o’simliklarning urug’i tushadi, natijada shu yerda ildiz chiqarib rivojlanishiga imkon yaratadi.
O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar. O’simliklar qoplamidagi bilvosita munosabatlarga muhit hosil qilish va raqobat kirib bu barcha fitotsenozlarda doimiy mavjud bo’ladi. Bunday muhitni tog’ o’rmonlarida, zax muhitdagi fitotsenozlarda yaqqol ko’rish mumkin. Baland daraxtli qalin o’rmonlarda butalar, moxlar, o’ziga xos muhit tashkil qiladi. Asosan tog’ning o’ziga xos fito muhiti bo’lib bu botqoq, cho’l, o’tloq muhitidan tubdan farq qiladi. Fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos ekologik xususiyatga ega bo’lib, bu turlar o’rtasida har xil munosabatlar yuzaga keladi. Fitotsenozdagi turlar o’rtasida raqobat muhitni tashkil etishda to’liq namoyon bo’ladi. O’rmondagi yirik daraxtlar shu yerda o’suvchi butalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga daraxtlardan to’kilgan barglar tuproqning tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Fitotsenozdagi buta va o’t o’simliklar, mikroorganizmlar ham tuproqning tarkibiga hamda muhitga o’ziga xos ta’sir qiladi. Barqaror jamoadagi turlar doimiy ravishda bir-birlari bilan kuchsiz raqobat qiladi. Agar jamoada yangi turlar ko’p bo’lsa bu yerda raqobat kuchli bo’ladi. Umuman jamoada raqobat, muhit tashkil etishga nisbatan ancha murakkabdir. Raqobat turlar aro va tur ichida bo’ladi. Turlararo raqobat jamoaning barqarorligiga va turlar miqdoriga bog’liq holda yuzaga keladi. Qisqa muddat davom etadigan jamoalarda bir turga mansub individlar o’rtasida juda kuchli raqobat namoyon bo’ladi. Ekologik xususiyatlarni namoyon etishda fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos o’rin tutadi. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling