Fitosenologiya
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- N═ A +F + V + T;
- Biogeotsenoz
3. Geobotanik indikatsiya
Tayanch so’z va iboralar: o’simlik jamoasi, qoplam, tashqi muxit, fitomuxit, biologik omil, abiotik omil, suv rejimi, harorat, yorug’lik, namlik, edafik omil, tuproq, tuproq tiplari, rel’yef, landshaft 1. Bir tomondan tirik organizmlar va ikkinchi tomondan muxit o’rtasidagi munosabatlar bir tomonlama bo’lmay balki ikki yoqlama hisoblanadi. O’z navbatida aloxida turlar ham, fitotsenoz ham tashqi muxitning u yoki boshqa omillariga qanchadir darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fitosenoz tashqi muxitga ta’sir ko’rsatish orqali o’zining ichki muxiti, yani fitomuxitini vujudga keltiradi.Fitomuxit atamasi ilk bor 1935 yilda italiyalik olim V.V.Reverdatto tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikricha, fitomuxit bu fitosenoz tomonidan o’zgartirilgan xuddi tashqi muxit kabidir. Fitomuxit ta’sirida yangi turlar vujudga keladi va rivojlanadi. Fitomuxitning o’zi ham fitosenozning rivojlanish jarayonida o’zgarib turadi. Fitomuxit shart-sharoitlariga fitosenozda birgalikda yashayotgan hayvonlar ham moslashadi va bu yangi turlar hosil bo’lishiga ham o’z ta’sir ko’rsatadi. Fitosenozning muxitga ta’siri faqat fitomuxitning hosil bo’lishi bilan cheklanib qolmaydi. Bu ancha keng ma’noni bildiradi. Qadimdan ma’lumki, o’rmonlar suv o’qimiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda boshqa abiotik omillarning ham shakllanishini ta’minlaydi. Fitosenoz u yoki bu darajada tashqi abiotik muxitning barcha xususiyatlarining qayta hosil bo’lishiga (shakllanishiga) sababchi bo’ladi. Abiotik omillar bevosita va bilvosita o’simliklar jamoasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu haqda X.Gams, L.V.Ramenskiy, V.N.Sukachev kabi olimlar o’z fikrlarini bildirganlar. Shu tariqa ushbu omillarga nisbatan o’simliklarning ekologik guruxlari shakllanadi. O’z navbatida o’simliklar jamoasi, yani fitosenoz ham abiotik omillarning shakllanishi, ularning tuzilishi va kuchiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. Fitosenozlar havo harorati, yorug’lik va suv rejimiga, rel’yef, tuproq namligi, havo harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, cho’l mintaqasidagi maksimal haroratga nisbatan o’rmonlardagi maksimal harorat ancha past bo’ladi. Shiningdek cho’llardagi minimal haroratga nisbatan o’rmonlardani minimal harorat biroz yuqori bo’ladi. Shu tariqa cho’l mintaqasidagi harorat amplitudasi o’rmonga nisbatan ancha keng bo’ladi. Bu esa o’simlik jamoalari uchun noqulaylik tug’diradi. Yorug’lik energiyasining o’simlik yuzasiga tushadigan ma’lum qismi qaytariladi, ma’lum qismi o’simliklar tomonidan yutiladi, ma’lum qismi jamoaning ichki qismlariga o’tadi yoki quyi yarusdagi o’simliklr tomonidan yutiladi yoki tuproq yuzasiga yetib keladi. Bu bilan yorug’lik kuchi asta-sekinlik bilan susaya boradi va uning spektral tarkibi ham o’zgaradi. Shu tariqa yorug’likning sharoitlari o’simliklar jamoasi ta’sirida u yoki bu joyga nisbatan ixtisoslashadi. Turli tarkibdagi o’simliklardan iborat bo’lgan o’rmonlarda yoritilganlik darajasi ham turlicha bo’ladi. Masalan, emanzorlarda 3,5 %, tolli-zarangli o’rmonlarda 0,4% va sernam tropik o’rmonlarda 0,2% ni tashkil etadi. Quruqlikning suv balansi quyidagi formula orqali ifodalanadi: N═ A +F + V + T; Bu yerda N – yo’gin miqdori, A – yer ustki o’qimi, F – tuproq ichi oqimi, V – bug’lanish, T – o’simliklardagi transpiratsiya O’simliklar qoplami u yoki bu darajada ushbu kattaliklarning o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu jumladan quruqlikning suv balansiga ham ta’sir ko’rsatadi. Daraxt tanasiga o’tadigan yog’in miqdori turli o’rmonlarda xar xil bo’ladi. Masalan, archazorlar 36%, qarag’ayzorlar 14%, qayinzorlar 9% yog’inni tanasida tutib qoladi (Gulisashvili, 1956). Janubiy Braziliyada doimiy yashil o’rmonlar tomonidan ushlab qolingan yog’in miqdori bo’yicha qiziqarli ma’lumotlar olingan. Umumiy yog’in miqdorining 20% i daraxt tanasidan bug’langan, 34% i yomg’ir o’lchagichga kelib tushgan, 46 % i daraxt tanasi bo’ylab oqib tushgan. Ochiq maydonlarga nisbatan o’rmonlarda yog’in miqdori ko’p kuzatiladi. Sababi o’rmonlardagi havo namligining o’simliklar transpiratsiyasi natijasida ortishi va o’rmonlardagi havo haroratining birmuncha pasayishi natijasidir. Bu orqali havodagi suv bug’lari kondensatlanib, yog’in bo’lib qayta yerga tushadi. Biologik omillar, jumladan, xududning o’simliklar qoplami tuproq hosil bo’lish jarayonida muxim rol o’ynaydi. Rus olimi V.I.Vernadskiy (1934) ta’kidlaganidek, “muayyan tarkibga ega bo’lgan tirik moddalar Yer po’stlog’ining kimyoviy mexanizmida asosiy rolni o’ynaydi va yer po’stlog’idagi moddalar umumiy massasining eng bo’lmaganda 99 % ga yaqin qismi geologik nuqtai-nazardan hayotiy jarayonlar bilan bog’liq”. Shunday qilib Yer sharida dastlab hosil bo’lgan, rivojlangan va biomassasini oshirgan organizmlar tirik va o’lik organik moddalarning vujudga kelishi va to’planishining ilk manbalari hisoblangan. Turli tuproq tiplarining xususiyatlari xilma-xil tuproq hosil qiluvchi omillar, ayniqsa ular ichidagi o’simliklar qoplamining o’zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan.Tuproq tiplari turli tipdagi o’simliklar qoplamining ta’siri natijasida rivojlangan. Masalan, qoratuproq yoki kashtan tuproqlar dashtlar ostida, och kashtan va qo’ng’ir tuproqlar yarim cho’llar ostida, bo’z-qo’ng’ir tuproqlar cho’l ostida, to’q qo’ng’ir tuproqlar qorong’i va yorug’ ignabargli o’rmonlar ostida va boshqalarda shakllanadi. O'simliklar’mineral moddalarning kichik (biologik) almashinuvining kichik bir bo’g’imi hisoblanadi.O’simliklar ildiz tizimi orqali tuproqdan muayyan minerallarni o’zlashtiradi, butun tanasi bo’ylab yo’naltiradi va ayrim organlarida to’planadi.Minerallar tarkibiga turli tuman mikro va makroelementlar kiradi. O’simliklar nobud bo’lgandan so’ng o’sha minerallar nobud bo’lgan o’simliklarning yer ostki qismlari va yer ustki qoldiqlaridan yana tuproqqa qaytadi. Ayrim o’simliklar yo’sin va lishayniklar tosh va qoyalarning korroziyasiga sabab bo’ladi va shu tariqa tog’ jinslarining o’zgarishi va tuproq hosil bo’lishiga olib keladi. Undan tashqari, o’simlik ildizlaridan ajralib chiqadigan moddalar – kislota va mineral birikmalar tuproq eritmasi tarkibini o’zgartiradi. Undan tashqari quruqlik fitosenozlari mikrorel’yef, ba’zan esa mezo- yoki megarel’yefning shakllanishiga sabab bo’ladi. Tog’ qiyaliklarida qalin o’simliklar qoplami tuproq eroziyasi jarayonlarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Yog’ingarchilikda va qorlarning erishida o’simliklar qoplami tog’ qiyaliklarida suv oqimini qayta taqsimlaydi. Uning asosiy qismi tuproqqa shimiladi, oqim tezligi ham eng minimumga qadar pasayadi. Daraxtlarning kesilishi va o’tloqlarning toptalishi tog’ qiyaliklarida inqirozli oqibatlarga olib keladi: tuproq qatlami yuviladi, qoyalar yalong’ochlashadi, bu joylarda qayta otloqlar va o’rmonlarning qayta tiklanishi uchun minglab yillar kerak bo’ladi. Tog’ qiyaliklaridagi jarlik va yoriqlarning o’sishini oldini olishda o’simliklar qoplamidagi ko’p yilliklar, buta va yarim butalarning ahamiyati katta.ular tuproq yuza qismining yuvilib ketishini oldini oladi, ildizlari bilan tuproq yuzasini mustaxkamlaydi. 2. Tabiatda har qanday tirik organizm o’zining yashash muxitiga ega. Bu muxitni ular tabiatning tirik bo’lmagan komponentlari bilan birgalikda vujudga keltiradi. Tirik organizmlar va jonsiz tabiat komponentlari murakkab bir tizimni, yani ekologik tizim (ekosistema)ni hosil qiladi. Ekosistema atamasi 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan fanga kirirtilgan. Ekosistema deb yashash sharoiti o’xshahsh va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga aytiladi. O’tloq, o’rmon, cho’l, dasht, suv havzalari ekosistemaga misol bo’ladi. Ekosistemalarda to’xtovsiz moddalar almashinuvi jarayoni kuzatiladi. Ushbu jarayonning amalga oshishi uchun tirik organizmlarning quyidagi uchta funksional ekologik guruxlari zarur bo’ladi: produsentlar, konsumentlar va redusentlar. Ekologik sistema bilan bir qatorda biogetsenoz atamasi ham keng qo’llaniladi.Ushbu atama dastlab 1948 yilda Vladimir Nikolaevich Sukachev ilmiy muomalaga kiritgan. V. N. Sukachev biogeotsenozga shunday ta’rif bergan:-“Biogeotsenoz-yer yuzasining muayyan masofasidagi bir xil tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar dunyosi, tuproqlar va gidrologik sharoitlar) ning majmuasidir. Bu majmua uni tashkil etuvchi komponentlar o’zaro ta’sirining o’ziga xos xususiyatlariga hamda komponentlar orasida tabiatning boshqa hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan tipiga ega”. V. N. Sukachevning biogeotsenozga bergan ta’rifida, unda modda va energiya almashinuvini o’ziga xos tipining, komponentlarni dialektik birligining hamda uzluksiz rivojlanishining mavjudligi ta’kidlanadi. Biogeotsenozning Harakterli xususiyati shundaki, u band etgan hudud (territoriya yoki akvatoriya) bo’ylab biror-bir muhim biotsenotik, tuproq-geokimyoviy, geomorfologik yoki mikroiqlimiy chegara o’tmaydi. Bu xususiyat tufayli biogeotsenozning yaxlitligi, bir xilligi ta’minlanadi. N. V. Timofeev-Resovskiy va A. N. Tyuryukanov (1966) biogeotsenozni biosferaning elementar birligi deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, biosferaning eng kichik birligi bo’lgan biogeotsenozda biosferaning biokimyoviy ishi va moddiy-energetik aylanma harakati sodir bo’ladi. Biogeotsenozning birorta qismi ham bunday aylanma harakatni amalga oshira olmaydi. Biogeotsenoz gr. bios - hayot, geo-ep, koinos- umumiy degan ma’noni bildiradi. O’simliklar qavmi (fitotsenoz) va hayvonlar qavmi (zootsenoz) ning muayyan sharoitda bir biriga moslashib, kompleks holda yashashidir. Biogeotsenoz fitotsenoz, zootsenoz, geomuhit va biotopdan iborat bo’ladi. Bu termin 1948 yilda V. N. Sukachev tomonidan fanga kiritilib, biogeotsenologiyani o’rganadigan fan deb ta’riflangan edi. Biogeotsenoz so’zi mazmun jihatidan D. D. Dokuchaev, G. F. Morozov, V. M. Vernadskiylar tomonidan boyitilgan. Ba’zi olimlarning fikricha, biogeotsenoz so’zi ekosistema so’zining ma’nosini ham beradi. Ammo biogeotsenozning o’zi biotsenoz yashayotgan organizm bilan muhitni ham o’z ichiga oladi. Shuningdek, muhit va biosfera, yer yuzining tuzilishi tirik organizm uchun asosiy manba deb qarashga asos bo’ladi. Biogeotsenoz 2 ta asosiy tarkibiy qismdan: biotsenoz va ekotopdan iborat. Ekotop bu muxitning abiotik qismi hisoblanadi. Uning tirik qismi esa biotsenoz deb ataladi. Ekotopning tarkibiy qismlari: Klimatop Edafotop 3. Muxit sharoitlariga moslashgan o’simlik jamoalari, o’sha muxitning indikatorlari sifatida yani, indikatsion ko’rsatkichlar bo’lib xizmat qilishi ham mumkin. Bunda fitosenozlarning indikatsion ahamiyati odatda aloxida o’simlik turlarining indikatsion ahamiyatidan bir muncha ustun turadi. Har bir turmuayyan u yoki bu omilning juda keng miqyosdagi valentlik ko’rsatkichida mavjud bo’lishi mumkin, ammo jamoani hosil qiluvchi turli o’simliklarning omil amplitudalari qisman mos keladi. Fitotsenozlar tuproq sharoitlari, iqlim xususiyatlari, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, sho’rlaanish xarakteri va darajasi, muayyan kimyoviy moddalar va birikmalarning mavjudligi, tog’ jinslarining tuzilishi, ayrim xududning tektonik tuzilishi xususiyatlarining indikatorlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Fitotsenozning xarakteriga qarab, o’sha joyning yong’inlarga uchraganligi, daraxtlarning ko’p miqdorda kesilganligi, haydalganligi, qurg’oqchilikka uchraganligi haqida tasavvur qilishimiz mumkin. Shunday qilib, indikatorlik xodisalarining doirasi juda ham keng. Geobotanik indikatsiyaga misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1. Mexanik jihatdan yengil tuproqlar, masalan, qumli tuproqlarda Elymus, Festuca, Ceratocarpus, Linaria, Kochia va boshqa bir qancha turkumlarning turlarining uchrashi bilan xarakterlanadi. 2. Shorxok tuproqlar uchun Salicornia, Suaeda, Aeluropus, Nitraria, Triglochin va boshqa turkum turlarini oz ichiga olgan jamoalar xarakterli. 3. Baland bo’yli shuvoq 3-5 va 7 metrgacha chuqurlikda chuchuk va sho’r bo’lgan yer osti suvlari borligini bildiradi. 4. Fitotsenoz tarkibida ivan choy (Chamaenerium angustifolium) ning dominantligi bu yerda daraxtlarning kesilganligiga uncha uzoq vaqt bo’lmaganligini yoki yaqin vaqtlarda bu yerda yong’in bo’lganligini bildiradi. 5. Poa bulbosa o’simligi ko’p tarqalgan dasht va yarim cho’l mintaqalaridagi o’simliklar jamoasi bu yerlarda haddan ziyod chova mollari boqilganligini bildiradi. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling