Fitosenologiya
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar
- 4- amaliy mashg’ulot: Osimliklar qoplamining tashqi muxit sharoitini hosil qiluvchi omillar (suv rejimi, edafik sharoitlar, relef va boshqalar)ga tasiri va fitomuxit hosil qilishi
- N═ A +F + V + T;
Nazorat savollari
1. Fototsenoz deb nimaga aytiladi? 2. Fitotsenoz atamasi ilk bor qachon fanga kiritilgan? 3. Geobotanik indikatsiyaning qanday ahamiyati bor? 4. Fitotsenozlar joy haqida qanday dastlabki ma’lumotlarni beradi? 5. Biotsenoz komponentlariga nimalar kiradi? Foydalaniladigan adabiyotlar 1. Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika (morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika). – Toshkent: Ta’lim, 2010. – 288 b. 2. Суворов В.В., Воронова И.Н. Ботаника с основами геоботаники. - M.: «Просвещение», 1979. – 560 с. 3. Тўхтаев А.С. Экология - Тошкент: Ўқитувчи, 1998. – 132 б. 4. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1983. - 296 с. 5. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1992. - 352 с. 6. P.Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147. 7. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766. 8. Полевая геоботаника. Т.1-5. - М.-Л.: 1959-1976. 9. Воронов А.Г. Геоботаника - М.: Высщая школа, 1973.384 с. 4- amaliy mashg’ulot: O'simliklar qoplamining tashqi muxit sharoitini hosil qiluvchi omillar (suv rejimi, edafik sharoitlar, rel'ef va boshqalar)ga ta'siri va fitomuxit hosil qilishi Reja: Fitomuxitning hosil bo’lishi Fitosenozning suv rejimiga ta’siri Fitosenozning edafik sharoitlarga ta’siri Tayanch so’z va iboralar: o’simlik jamoasi, qoplam, tashqi muxit, fitomuxit, biologik omil, abiotik omil, suv rejimi, harorat, yorug’lik, namlik, edafik omil, tuproq, tuproq tiplari, rel’yef, landshaft 1. Bir tomondan tirik organizmlar va ikkinchi tomondan muxit o’rtasidagi munosabatlar bir tomonlama bo’lmay balki ikki yoqlama hisoblanadi. O’z navbatida aloxida turlar ham, fitotsenoz ham tashqi muxitning u yoki boshqa omillariga qanchadir darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fitosenoz tashqi muxitga ta’sir ko’rsatish orqali o’zining ichki muxiti, yani fitomuxitini vujudga keltiradi.Fitomuxit atamasi ilk bor 1935 yilda italiyalik olim V.V.Reverdatto tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikricha, fitomuxit bu fitosenoz tomonidan o’zgartirilgan xuddi tashqi muxit kabidir. Fitomuxit ta’sirida yangi turlar vujudga keladi va rivojlanadi. Fitomuxitning o’zi ham fitosenozning rivojlanish jarayonida o’zgarib turadi. Fitomuxit shart-sharoitlariga fitosenozda birgalikda yashayotgan hayvonlar ham moslashadi va bu yangi turlar hosil bo’lishiga ham o’z ta’sir ko’rsatadi. Fitosenozning muxitga ta’siri faqat fitomuxitning hosil bo’lishi bilan cheklanib qolmaydi. Bu ancha keng ma’noni bildiradi. Qadimdan ma’lumki, o’rmonlar suv o’qimiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda boshqa abiotik omillarning ham shakllanishini ta’minlaydi. Fitosenoz u yoki bu darajada tashqi abiotik muxitning barcha xususiyatlarining qayta hosil bo’lishiga (shakllanishiga) sababchi bo’ladi. 2. Abiotik omillar bevosita va bilvosita o’simliklar jamoasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu haqda X.Gams, L.V.Ramenskiy, V.N.Sukachev kabi olimlar o’z fikrlarini bildirganlar. Shu tariqa ushbu omillarga nisbatan o’simliklarning ekologik guruxlari shakllanadi. O’z navbatida o’simliklar jamoasi, yani fitosenoz ham abiotik omillarning shakllanishi, ularning tuzilishi va kuchiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. Fitosenozlar havo harorati, yorug’lik va suv rejimiga, rel’yef, tuproq namligi, havo harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, cho’l mintaqasidagi maksimal haroratga nisbatan o’rmonlardagi maksimal harorat ancha past bo’ladi. Shiningdek cho’llardagi minimal haroratga nisbatan o’rmonlardani minimal harorat biroz yuqori bo’ladi. Shu tariqa cho’l mintaqasidagi harorat amplitudasi o’rmonga nisbatan ancha keng bo’ladi. Bu esa o’simlik jamoalari uchun noqulaylik tug’diradi. Yorug’lik energiyasining o’simlik yuzasiga tushadigan ma’lum qismi qaytariladi, ma’lum qismi o’simliklar tomonidan yutiladi, ma’lum qismi jamoaning ichki qismlariga o’tadi yoki quyi yarusdagi o’simliklr tomonidan yutiladi yoki tuproq yuzasiga yetib keladi. Bu bilan yorug’lik kuchi asta-sekinlik bilan susaya boradi va uning spektral tarkibi ham o’zgaradi. Shu tariqa yorug’likning sharoitlari o’simliklar jamoasi ta’sirida u yoki bu joyga nisbatan ixtisoslashadi. Turli tarkibdagi o’simliklardan iborat bo’lgan o’rmonlarda yoritilganlik darajasi ham turlicha bo’ladi. Masalan, emanzorlarda 3,5 %, tolli-zarangli o’rmonlarda 0,4% va sernam tropik o’rmonlarda 0,2% ni tashkil etadi. Quruqlikning suv balansi quyidagi formula orqali ifodalanadi: N═ A +F + V + T; Bu yerda N – yo’gin miqdori, A – yer ustki o’qimi, F – tuproq ichi oqimi, V – bug’lanish, T – o’simliklardagi transpiratsiya O’simliklar qoplami u yoki bu darajada ushbu kattaliklarning o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu jumladan quruqlikning suv balansiga ham ta’sir ko’rsatadi. Daraxt tanasiga o’tadigan yog’in miqdori turli o’rmonlarda xar xil bo’ladi. Masalan, archazorlar 36%, qarag’ayzorlar 14%, qayinzorlar 9% yog’inni tanasida tutib qoladi (Gulisashvili, 1956). Janubiy Braziliyada doimiy yashil o’rmonlar tomonidan ushlab qolingan yog’in miqdori bo’yicha qiziqarli ma’lumotlar olingan. Umumiy yog’in miqdorining 20% i daraxt tanasidan bug’langan, 34% i yomg’ir o’lchagichga kelib tushgan, 46 % i daraxt tanasi bo’ylab oqib tushgan. Ochiq maydonlarga nisbatan o’rmonlarda yog’in miqdori ko’p kuzatiladi. Sababi o’rmonlardagi havo namligining o’simliklar transpiratsiyasi natijasida ortishi va o’rmonlardagi havo haroratining birmuncha pasayishi natijasidir. Bu orqali havodagi suv bug’lari kondensatlanib, yog’in bo’lib qayta yerga tushadi. 3. Biologik omillar, jumladan, xududning o’simliklar qoplami tuproq hosil bo’lish jarayonida muxim rol o’ynaydi. Rus olimi V.I.Vernadskiy (1934) ta’kidlaganidek, “muayyan tarkibga ega bo’lgan tirik moddalar Yer po’stlog’ining kimyoviy mexanizmida asosiy rolni o’ynaydi va yer po’stlog’idagi moddalar umumiy massasining eng bo’lmaganda 99 % ga yaqin qismi geologik nuqtai-nazardan hayotiy jarayonlar bilan bog’liq”. Shunday qilib Yer sharida dastlab hosil bo’lgan, rivojlangan va biomassasini oshirgan organizmlar tirik va o’lik organik moddalarning vujudga kelishi va to’planishining ilk manbalari hisoblangan. Turli tuproq tiplarining xususiyatlari xilma-xil tuproq hosil qiluvchi omillar, ayniqsa ular ichidagi o’simliklar qoplamining o’zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan.Tuproq tiplari turli tipdagi o’simliklar qoplamining ta’siri natijasida rivojlangan. Masalan, qoratuproq yoki kashtan tuproqlar dashtlar ostida, och kashtan va qo’ng’ir tuproqlar yarim cho’llar ostida, bo’z-qo’ng’ir tuproqlar cho’l ostida, to’q qo’ng’ir tuproqlar qorong’i va yorug’ ignabargli o’rmonlar ostida va boshqalarda shakllanadi. O'simliklar’mineral moddalarning kichik (biologik) almashinuvining kichik bir bo’g’imi hisoblanadi.O’simliklar ildiz tizimi orqali tuproqdan muayyan minerallarni o’zlashtiradi, butun tanasi bo’ylab yo’naltiradi va ayrim organlarida to’planadi.Minerallar tarkibiga turli tuman mikro va makroelementlar kiradi. O’simliklar nobud bo’lgandan so’ng o’sha minerallar nobud bo’lgan o’simliklarning yer ostki qismlari va yer ustki qoldiqlaridan yana tuproqqa qaytadi. Ayrim o’simliklar yo’sin va lishayniklar tosh va qoyalarning korroziyasiga sabab bo’ladi va shu tariqa tog’ jinslarining o’zgarishi va tuproq hosil bo’lishiga olib keladi. Undan tashqari, o’simlik ildizlaridan ajralib chiqadigan moddalar – kislota va mineral birikmalar tuproq eritmasi tarkibini o’zgartiradi. Undan tashqari quruqlik fitosenozlari mikrorel’yef, ba’zan esa mezo- yoki megarel’yefning shakllanishiga sabab bo’ladi. Tog’ qiyaliklarida qalin o’simliklar qoplami tuproq eroziyasi jarayonlarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Yog’ingarchilikda va qorlarning erishida o’simliklar qoplami tog’ qiyaliklarida suv oqimini qayta taqsimlaydi. Uning asosiy qismi tuproqqa shimiladi, oqim tezligi ham eng minimumga qadar pasayadi. Daraxtlarning kesilishi va o’tloqlarning toptalishi tog’ qiyaliklarida inqirozli oqibatlarga olib keladi: tuproq qatlami yuviladi, qoyalar yalong’ochlashadi, bu joylarda qayta otloqlar va o’rmonlarning qayta tiklanishi uchun minglab yillar kerak bo’ladi. Tog’ qiyaliklaridagi jarlik va yoriqlarning o’sishini oldini olishda o’simliklar qoplamidagi ko’p yilliklar, buta va yarim butalarning ahamiyati katta.ular tuproq yuza qismining yuvilib ketishini oldini oladi, ildizlari bilan tuproq yuzasini mustaxkamlaydi. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling