Fitosenologiya


- amaliy mashg’ulot: Hayotiy shakl bo‘yicha K.Raunkiyer va I.G.Serebryakov klassifikatsiyalari


Download 329.85 Kb.
bet54/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

2- amaliy mashg’ulot: Hayotiy shakl bo‘yicha K.Raunkiyer va I.G.Serebryakov klassifikatsiyalari
Reja

  1. Hayotiy shakllar haqida tushuncha

  2. Hayotiy shakllar bo‘yicha K.Raunkiyer klassifikatsiyasi

  3. Hayotiy shakllar bo‘yicha I.G.Serebryakov klassifikatsiyasi

Tayanch so’z va iboralar: hayotiy shakl, biomorf, ekobiomorf, Teofrast, Varming, ekologo-morfologik, ekologo-senotik, Raunkiyer tasnifi, Serebryakov tasnifi
1. O’simliklarning tashqi qiyofasiga qarab guruxlarga ajratish juda qadimdan, Aristotel va uning shogirdi Teofrast tomonidan taklif etilgan edi. Botanik geografiyaning asoschisi Gumboldtdan (1806) keyin ham ko’plab olimlar bu nazariyani takomillashtirdilar. Raunkier (1918), Pachoskiy (1921), Serebryakov (1962;1964) va boshqalar ham bu sohada ko’plab ishlar qildilar. Varming birinchi bo’lib 1884 yilda o’simliklar olamiga hayotiy shakllar terminini taklif etgan edi. Uning fikricha, hayotiy shakl- o’simlik vegetativ tanasining butun hayoti davomida tashqi muxit bilan uzviylikda ekanligi, yani, urug’dan to nobud bo’lguncha bog’liq ekanligi tushuniladi. Hayotiy shakl atamasining sinonimi sifatida “ekobiomorf”, “biotip”, “o’sish shakli”, “epimorf” kabi atamalar ishlatiladi. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiya daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi va joylashuviga asoslanganligi bilan ham juda muhimdir. 1806 yilda Gumboldt o’simliklarni 17 ta asosiy formaga ajratgan. 1863 yilda Kerner o’simliklarni morfologiyasiga asoslangan 11 ta hayotiy shakllga bo’lishni taklif qilgan. 1872 yilda A.Grizebax o’simlik barglarining chetki qirralarining morfologiyasiga qarab, o’simliklarni 54 ta formaga ajratgan. 1913 yilda O.Drude o’simliklarni ularning sistematik xolatiga nisbatan hayoriy shakllarga ajratgan. 1915 yilda Visotskiy o’simliklarning yer ostki organlarining xolatiga qarab o’z tasnifini tuzgan. Keyinchalik uning bu tasnifini rus olimlaridan Lavrenko (1940), Shalit (1950), Zozulin (1959)lar ma’qullaganlar. 1916 yilda I.Pachoskiy o’simlik yer usti qismlarining noqulay sharoitlarda nobud bo’lishi va saqlanib qolishiga asoslangan tasnifni ilgari surgan. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiya daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi va joylashuviga asoslanganligi bilan ham juda muhimdir. Rus olimi I.G.Serebryakov ham o’simlilarning kelib chiqishiga asoslangan tasnifini tuzgan va bu tasnif hozirda juda keng qo’llanib kelinadi. Hayotiy shakllarni o’rganishda, asosan fanda ikkita nuqtai nazar, yani qarashlar muxim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ular quyidagilardir:
1. Ekologo-morfologik qarash
2. Ekologo-senotik qarash
Ekologo-morfologik nuqtai-nazardan qaralganda, hayotiy shakl bu o’simlik jamoalarining o’z hayot sikli, yani ontogenezida ma’lum muxitda o’sish va rivojlanish natijasida paydo bo’lgan o’simliklar jamoasining umumiy qiyofasiga aytiladi. O’simliklarning tashqi qiyofasi – gabitus deb ham nomlanadi. O’simliklarning gabitusi ularning muayyan tuproq-iqlim sharoitlariga moslanishlari natijasida vujudga keladi. Serebryakov, Drude, Gumboldtlar ushbu qarash tarafdorlari hisoblanadi.
Ekologo-senotik nuqtai-nazardan yondoshilganda, hayotiy shakl bu ma’lum o’simlik jamoalarining muayyan makonda tarqalishining va maydonga mustaxkam o’rnashib qolishining, ularning o’simliklar qoplamini tashkil bo’lishida qatnashish qobiliyatining ifodalanishidir. Ushbu fikrga asoslangan xolda izlanishlar olib borgan olimlar qatoriga Raunkiyer, Visotskiy, Lavrenko kabi olimlarni kiritish mumkin.
2. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiyalardan biri daniyalik botanik olim K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi, qishlashi va tuproq satxiga nisbatan joylashuviga asoslanganligi bilan ham juda muhimdir. U o’simliklarning hayotiy shakllarini quyidagi 5 ta guruxga ajratgan:
1. F a n e r o f i t l a r- kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqorida joylashgan bo’lib ko’zga yaqqol tashlanadi. Faneros -yaqqol ko’rinib turuvchi demakdir. Bularga, asosan, daraxt va butalar kirib, qishda barglarini to’kadi. Shox-shabbalari va novdalarini sovuq deyarli urmaydi.
2. X a m e f i t l a r - bu guruhga ba’zi bir buta va chala buta turlari kirib yangilanish kurtaklari yer yuzasiga ancha yaqin joylashadi. Bunday turlarning organlari tashqi tomoni tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Qish mavsumida qor tagida qoladi. Ammo novdalari nobud bo’lmaydi. Xeme-past, yer bag’irlovchi degan manoni bildiradi.
3. Ge m i k r o f i t l a r - bu guruh vakillarining yangilanish va qayta tiklanuvchi kurtagi yer yuzasi bilan barobar joylashadi. Yer ustki poyasi va novdalari qurib qoladi. Qurigan novda va poyalar qoldig’i yangilanuvchi kurtaklarni qoplab oladi va qishki sovuqdan himoya qiladi. Bularga, asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Geme- yarim, kriptys-yashirin degan manoni bildiradi.
4. K r i p t o f i t l a r -bu guruhga yer ustki organlari batamom qurib qoladigan, yangilanuvchi organlaridagi kurtaklari yer ostida bo’lgan ildiz poyali, ildiz tugunakli, piyoz boshchali o’simliklar kiradi. Bu guruxga asosan ko’p yillik va ikki yillik o’tlar kiradi.
5. Te r o f i t l a r- bu guruhga, asosan, bir yillik o’simlik turlari kirib, ular qishda butunlay qurib qoladi. Ko’karib chiqish qishda saqlanib qolgan urug’lari orqali amalga oshadi.
Bundan tashqari suv o’simliklaridan iborat bo’lgan, kurtagi suv ostida, vegetativ organi suvdan ko’tarilib turadigan g e l o f i t l a r va kurtagi suv ostida novdalari suvda joylashgan g i d r o f i t l a r guruhi ham mavjud.
3. Geobotanikada Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari I. G. Serebryakov (1962,1964) ning klassifikatsiyasi ham bo’lib, bu klassifikatsiya o’simliklarning tashqi ko’rinishiga asoslangandir. Bu klassifikatsiya quyidagicha tartibda berilgan.
1. D a r a x t l a r- bu guruhda ko’p yillik yer ustki qismlari yog’ochlangan, bo’yi ikki metrdan yuqori, bitga asosiy tanaga ega bo’lgan o’simlik turlaridan, chinor (Plantanus orientalis L.), archa (Juniperus zeravschanika Kom.), terak (Papulis sp), qarag’ay (Rtsh silvestris. L), olma (Ma!i8 domestica Borkh), yong’oq (Juglans regia L.) kabi daraxt turlari kiradi.
2. B u t a l a r - bu guruhga ko’p yillik, bo’yi 2-3 metrdan baland bo’lmagan, asosiy tanasi yog’ochlangan, bitta asosiy tanaga ega bo’lmagan, yer yuzasidan shoxlangan o’simliklar, anor (Runica granatum L.), maymunjon (Kubis caesius L.), na’matak (Rosa maracandica. Bde), zirk (Vegberis integerrima Bde), uchqat (Lonisera nummularifolia Let Sp.) kabi turlar kiradi.
3. B u t a ch a l a r - bu guruhga esa ko’p yillik, past bo’yli, tanasi yog’ochlangan, bo’yi 0,5 metrdan baland bo’lmagan turlar misol bo’la oladi. Pochaqirqar (Hulthemia berberifolia (Pall) Dum) bunga misol bo’ladi.
4. Y a r i m b u t a-(ch a l a b u t a) bu guruhga poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismi har yili kuzda qurib qoladigan ko’p yillik turlar: shuvoq ( Artemisia sp), izen (Kochia prostrata (L) Schrad), isiriq (Peganum harmala L) , yantoq (Alhagi sparsifolia Shap.) kabi turlar misol bo’ladi. Bundan tashqari o’t o’simliklar ham bir qancha guruhlarga ajratiladi. Misol uchun quyidagicha:
a) p o l i k a r p t u r l a r- hayotida bir necha martalab gullaydi, urug’ va meva beradigan asosan ko’p yillik o’simlik turlari.
b) m o n o k a r p turlar- ko’pincha qurg’oqchil mintaqalarda tarqalib bir necha yil, hatto 10-15 yil umr ko’rib, bir marta gullab urug’ va meva beradigan o’simliklardir. Bularga ziradoshlar oilasining ko’plab turlari, kovrak ( Ferula) ning bazi bir turlari, qoqio’tdoshlar va karamdosh oilalarining bazi bir turlari misol bo’ladi.
O’rta Osiyo sharoitida bundan tashqari kam bo’lsa-da, chirmashib o’suvchi l i a n a turlar ham mavjud bo’lib, ular daraxtlarga ilashib o’sadi. Madaniy o’simliklardan tok o’simligi, yovvoyi tur o’simliklardan chirmovuq, pechak, ilonchirmovuq kabi turlarni misol qilib olish mumkin.
Tog’ning yuqori qismida, yaylov mintaqasida, cho’lda o’ziga xos shoxlangan yostiqsimon o’simlik turlari ham mavjud bo’lib bularga, bo’ritikan, akantalimonlar, sertuk astragal, esparset kabi turlar misol bo’ladi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling