Fitosenologiya
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar
- 6- amaliy mashg’ulot: Fitotsenozning belgilari va xossalari Reja Fitotsenozning belgilari Fitotsenozning xossalari
Nazorat savollari
Ekosistema deb nimaga aytiladi va uning qanday tarkibiy qismlari mavjud? Biogeotsenoz va ekosistemalarning o’xshashlik va qarqli jihatlari nimalarda ko’rinadi? Biotsenozning tuzilishi qanday? Ekotop nimani ifodalaydi? Ozuqa zanjirini tushuntirib bering. Moddalarning aylanma harakatida ekosistemadagi ekologik guruxlarning ahamiyatini tushuntiring. Redutsentlarning tabiatdagi ahamiyati qanday? Produtsentlarning rolini izoxlang. Bevosita munosabatlarning qanday xillari mavjud? Jamoalardagi o’zaro munosabat guruxlari haqida nimalarni bilasiz? Foydalaniladigan adabiyotlar 1. Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika (morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika). – Toshkent: Ta’lim, 2010. – 288 b. 2. Суворов В.В., Воронова И.Н. Ботаника с основами геоботаники. - M.: «Просвещение», 1979. – 560 с. 3. Тўхтаев А.С. Экология - Тошкент: Ўқитувчи, 1998. – 132 б. 4. Ипатов В.С., Кирикова Л.А. Фитоценология - С.-Пб.:Университет, 1997. – 360 с. 5. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1992. - 352 с. 6. P.Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147. 7. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766. 6- amaliy mashg’ulot: Fitotsenozning belgilari va xossalari Reja Fitotsenozning belgilari Fitotsenozning xossalari Tayanch so’z va iboralar: floristik tarkib, turlar xilma-xilligi, vertikal va gorizontal struktura, qavatlilik, qurama-mozaiklik, miqdoriy nisbat 1. Fitotsenozdagi o’simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o’simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig’ilgan uyushma – qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o’simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o’ziga xos bo’lgan muhim belgilari mavjuddir. Ya’ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pogonalik, mo’llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilari bilan farq qiladi. Odatda fitotsenozlarning tuzilishini o’rganishda quyidagi belgilarni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:1) fitotsenozning floraviy tarkibi; 2) fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar; 3) har bir individlarning holati (ahvoli); 4) fitotsenozda turlarning vertikal va gorizontal taqsimlanishi hamda shu asosda strukturaviy qismlarga bo’linishi. Fitotsenozni o’rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig’indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va uning tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o’simliklardan tashqari bir qancha tuban o’simliklar, jumladan bakteriyalar, suv o’tlari, zamburug’larning ko’plab turlari mavjud bo’ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o’zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun bazi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to’liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o’simliklarni muhitni belgilovchi – d e t e r m i n a n t o’simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo’lish, kelib chiqish evolyutsiyasini, taraqqiyotini, tarixini va ekologik muhitga moslashib yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O’rta Osiyo tog’larida, jumladan Hisor, Nurota tog’lariining ba’zi joylarida, baland adirlarda, yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Asosan qadim qabrlarda buni kuzatish mumkin. Bu holat shuni bildiradiki, shu yerlarda ham qadimda ko’plab archalar ko’kargan, archazorlar mavjud bo’lgan. Archazorlar siyraklashishi bilan bu yerlarning tuprog’i, iqlimi, o’simliklar qoplami kuchli o’zgarishga uchragan. Fitotsenozning turlar tarkibini to’liq hisobga olish uchun ma’lum uchastkalardagi turlarning miqdorini bilish lozim bo’ladi. Buning uchun fitotsenozdan bir necha namuna maydonchalari ajratib olinib, ularning tur soni aniqlanadi. Fitotsenozning turlar tarkibi va uning miqdor ko’rsatkichi, iqlim sharoitiga, relefiga, tuproq tarkibiga, turlarning biologik xususiyatiga, antropogen omillar ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida cho’l va adir mintaqasiga nisbatan tog’ mintaqasida fitotsenozning florasi turlarga boy bo’ladi. Fitotsenozning tashkil bo’lishida ishtirok etgan o’simlik turlarining soniga qarab, fitotsenozlar floraviy oddiy va floraviy murakkab guruhlarga bo’linadi. Oddiy fitotsenozlar bir va ikki turlardan iborat bo’ladi. Murakkab fitotsenozlar ikki va undan ko’p turlardan iborat bo’ladi. 2. Har bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taqsimlanish (qavatlilik, yaruslilik) va gorizontal taqsimlanish (o’rnashish, joylashish) va hayotiy shakllar xilma-xilligi (sinuziyalilik) xususiyatiga ega. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling