10- ma’ruza: O’simlik senopopulyatsiyalari. Senopopulyatsiyalarning o‘simlik yoshiga ko‘ra tarkibi
Reja
1. O’simlik senopopulyatsiyalari haqida tushuncha
2. O’simlik senopopulyatsiyalarining tiplari
3. Senopopulyatsiyalarning yosh davrlari va holatlari
Tayanch so’z va iboralar: senopopulyatsiya, invazion, normal, regressiv, latent, pregenerativ, maysa, yuvenil, immatur, virginil, generativ, senil, subsenil, postgenerativ
O’simlik senopopulyatsiyalari haqida tushuncha
Har qanday fitosenoz o’ziga xos morfologik tuzilishga ega. Fitosenoz tarkibida turli hayotiy shakllarga, yosh jihatidan ham xilma-xil ko’rinishga va hajmga ega bo’lgan o’simliklar tuplar hamda o’simlik tuplari (individlar) uchraydi.
Fitosenozdagi alohida turlarning har xil yosh holatidagi individlar yig’indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga, yani senopopulyatsiyalar tarkibiga tuproqda yoki Yer yuzasida hayotchanligini yo`qotmagan urug’lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiya tarkibiga ba’zan ko’p yillik o`tsimon o`simliklarning tinim holatidagi ikkilamchi yer ostki organlaridan ildizpoyali, piyozboshli, tugunakli vakillari ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig’indisidan iborat bo`ladi. Turlarning o`zi esa populyasiyalar sistemasidan iborat. Jamoadagi har bir tur senopopulyasiyasi maydon birligiga to`g’ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. O’simliklarning senopopulyatsiyalarini o’rganish fitosenologiyada muxim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O’simlik senopopulyatsiyalarini o’rganishda, ular aloxida yosh davrlari va holatlariga bo’lib o’rganiladi. Chunki turli yoshdagi o’simlik individlarining morfologik farqlari shuni taqozo qiladi. Turli olimlar tomonidan o’simlik senopopulyatsiyalari turli davrlarda o’rganilgan. Ular orasida rus olimi T.A.Rabotnov tomonidan ilgari surilgan tasnif maqsadga muvofiq va muvaffaqiyatli qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |