Fitotsenozning tuzilishi


Fitotsenozning turlar tarkibi


Download 79.5 Kb.
bet2/7
Sana28.10.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1730492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitotsenozning tuzilishi

Fitotsenozning turlar tarkibi
Fitotsenozni o’rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilaran biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig’indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o’simliklardan tashqari bir qancha bakteriyalar, suv o’tlari, zamburug’larning ko’plab turlarii mavjud bo’ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o’zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun bazi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to’liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o’simliklarni muhitni belgilovchi – d e t e r m i n a n t o’simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo’lish, kelib chiqish evolyutsiyasini, taraqqiyotini, tarixini va ekologik muhitga moslashib yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O’rta Osiyo tog’larida, jumladan Hisor, Nurota tog’lariining ba’zi joylarida, baland adirlarda, yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Asosan qadim qabrlarda buni kuzatish mumkin. Bu holat shuni bildiradiki, shu yerlarda ham qadimda ko’plab archalar ko’kargan, archazorlar mavjud bo’lgan. Archazorlar siyraklashishi bilan bu yerlarning tuprog’i, iqlimi, o’simliklar qoplami kuchli o’zgarishga uchragan. Fitotsenozning turlar tarkibini to’liq hisobga olish uchun ma’lum uchastkalardagi turlarning miqdorini bilish lozim bo’ladi. Buning uchun fitotsenozdan bir necha namuna maydonchalari ajratib olinib, ularning tur soni aniqlanadi. Fitotsenozning turlar tarkibi va uning miqdor ko’rsatkichi, iqlim sharoitiga, relefiga, tuproq tarkibiga, turlarning biologik xususiyatiga, antropogen omillar ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida cho’l va adir mintaqasiga nisbatan tog’ mintaqasida fitotsenozning florasi turlarga boy bo’ladi. Fitotsenozning tashkil bo’lishida ishtirok etgan o’simlik turlarining soniga qarab, fitotsenozlar floraviy oddiy va floraviy murakkab guruhlarga bo’linadi. Oddiy fitotsenozlar bir va ikki turlardan iborat bo’ladi. Murakkab fitotsenozlar ikki va undan ko’p turlardan iborat bo’ladi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling